"Andijon": Ertaga futbol
14 mar 2014 17:55
Yangiliklar

"Andijon": Ertaga futbol
Ertaga, 15 mart kuni futbol bo'yicha 23-milliy chempionat bahslariga start beriladi.
Buni inobatga olsak, muxlislar orziqib kutgan damlar ham etib keldi. Ertaga “Andijon” jamoamiz o'z maydonida mamlakatimizning 9 karra chempioni “Paxtakor” klubini qabul qiladi.
Ikkala jamoa ham mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. SHu bilan birga tarkibni ham imkoniyatlariga qarab kuchaytirishdi. “Paxtakor” jamoa negizini saqlab qolgan holda tarkibga Egor Krimec va Kamoliddin Tojiev kabi sobiq o'yinchilarini qaytardi. Jamoamiz esa selekciya ishlarini keng qo'lamda olib borib, 10 nafardan ortiq o'yinchilar bilan shartnoma imzoladi. Bu jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ertaga “Andijon” va “Paxtakor” o'rtasida chempionatdagi 41-bahs bo'ladi. Bungacha jamoalar o'zaro 40 marta kuch sinashishgan. Albatta, ustunlik paxtakorchilar tarafida. Andijonliklar bu raqibni 3 marta mag'lubiyatga uchratishgan bo'lsa, 29ta o'yinda imkoniyatni boy berishgan. 8ta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan.
Eslatib o'tamiz, “Andijon” va “Paxtakor” o'rtasidagi bellashuv ertaga “Sog'lom avlod” stadionida soat 16:00da boshlanadi. Ochilish uchrashuvi munosabati bilan o'yindan oldin koncert dasturi o'tkaziladi. Barcha futbol ishqibozlarini ertaga “Sog'lom avlod” stadioniga chorlaymiz.

Fikrlar