So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Andijonning yangi legioneri: Bizda Kubokni yutish uchun yaxshi imkon yuzaga kelgan va bundan foydalanib qolishga harakat qilamiz Yangiliklar

Andijonning yangi legioneri: Bizda Kubokni yutish uchun yaxshi imkon yuzaga kelgan va bundan foydalanib qolishga harakat qilamiz

Andijon yozgi selekciya chog'ida tarkibini bir qator yangi o'yinchilar bilan to'ldirdi.

Ularning orasida serbiyalik 31 yoshli himoyachi Lyubisha Pecel ham bor. U «Andijon» matbuot xizmatiga ilk intervyusini berdi.

- Lyubisha, «Andijon» klubiga xush kelibsiz. Bu taklifni eshitganingizda nimalarni o'yladingiz?

- Rahmat, «Andijon» klubida to'p surish men uchun yangi sinovdir. Bu jamoada o'ynash imkoniyati paydo bo'lganidan xursandman. Bu menga katta tajriba bo'ladi, deb o'ylayman.

- Ushbu taklifni qabul qilishingizda asosiy sabab nima?

- Men haqiqatda xursandman. Serbiyadan Osiyodagi milliy chempionatga kelganimdan mamnunman. O'zimni shu erda namoyish qilmoqchiman.

- Siz ilk bor O'zbekiston chempionatiga keldingiz. Bu erda esa serbiyalik futbolchilar bisyor. CHempionatimiz haqida nimalarni bilasiz?

- Ha, bu erda serbiyalik ko'plab futbolchilar o'ynashidan xabarim bor. Men uchun esa bu erda hozir hammasi yangi. Aytish joizki, chempionatingizning saviyasi menda iliq taassurot qoldirdi va chempionatingiz saviyasi yaxshi ekanligini eshitdim.

- «Andijon» tarkibida hamyurtingiz Vladimir Bubanya to'p suryapti. U haqida oldin ham bilarmidingiz?

- Men shunday murabbiy bilan ishlashdan va Vladimir Bubanya bilan birga to'p surishdan juda xursandman. Murabbiylardan minnatdorman. Ular Vladimir bilan birgalikda o'ynashim uchun imkon berishmoqchi. Ha, u haqida eshitganman, lekin hech qachon birga o'ynab ko'rish nasib qilmagandi. Endi esa shunday imkoniyatga egaman.

- Andijonlik muxlislar juda talabchan va faol. Ular O'zbekistonda birinchi raqamli va sizlardan umidi katta…

- Muxlislar haqida instagram va yutub kanallari orqali malumot oldim. Ular serbiyalik ishqibozlarga juda o'xshashar ekan. SHuni bilamanki, ular biz futbolchilarga o'z o'yinimizni yaxshi namoyish etish uchun katta yordam berishadi. SHunday jonkuyar va fidoyi ishqibozlar ko'magida to'p surishimdan juda xursandman.

- Yangi jamoangizdagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?

- Bu erda hammasi men uchun yangi. CHunki uchib kelganimga hali ko'p bo'lgani yo'q. Murabbiylar va o'yinchilar meni xuddi eski qadrdonini qarshi olishganidek kutib oldilar. Buning uchun barchasiga katta rahmat!

- «Andijon» bilan nimaga erishishni maqsad qilyapsiz?

- Bizda Kubokni yutish uchun yaxshi imkon yuzaga kelgan va bundan foydalanib qolishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика