So’nggi yangiliklar

12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  16 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  41

Andijonda yosh futbolchilar o'rtasida ilk bora “Z.M. Bobur Kubogi” Respublika musobaqasi o'tkazildi Yangiliklar

Andijonda yosh futbolchilar o'rtasida ilk bora “Z.M. Bobur Kubogi” Respublika musobaqasi o'tkazildi

Millionlar o'yinini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bolalar futbolida qo'yiladi.

So'ngi paytlarda yosh futbolchilar o'rtasida tashkil qilinayotgan turnirlarda ko'plab iqtidorlar sayqallanib bormoqda.

Andijon viloyatida ilk bora O'zbekiston futbol associaciyasi hamda viloyat futbol associaciyasi tomonidan “Z.M. Bobur Kubogi” Respublika ochiq musobaqasi tashkil etildi. Unda yurtimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 2005-2006 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoalar ishtirok etdilar.

Vodiyning uch viloyati jamoalari o'rtasidagi bahslar keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Turnirning yarim finaliga marg'ilonlik futbolchilar hamda Andijoning uch jamoasi etib keldi. Final o'yinida esa, Andijon futbol akademiyasi jamoasi, ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktabi vakillari kuch sinashdi. Yakunda raqibiga hech qanday imkon qoldirmagan futbol akademiyasi jamoasi g'olib bo'ldi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimi bayram ruhida tashkil etilganiga alohida etibor qaratdik. Gimnastikachilarning chiqishlari, sharq yakkakurashi bilan shug'ullanuvchi sportchilarning ko'rgazmali dasturi namoyish qilindi.

Tadbirda so'z olgan viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov,  O'zbekiston futbol associaciyasi, bolalar futbolini rivojlantirish bo'limi mutasaddisi Nodirxo'ja Yuldashevlar yosh futbolchilarga ko'rsatgan o'yinlari uchun tashakkur bildirdilar. Viloyat sporti va futbol faxriylari musobaqaning ananaviy bo'lib qolishiga tilak bildirishdi.

G'olib va sovrindorlarga kubok va medallar tantanali tarzda topshirildi.
     
Elmurod Ermatov, Andijon

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика