So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Andijonda 878ta mahalla jamoalari qatnashayotgan “Hokim Kubogi” musobaqasi g'olibiga mini-stadion qurib beriladi Yangiliklar

Andijonda 878ta mahalla jamoalari qatnashayotgan “Hokim Kubogi” musobaqasi g'olibiga mini-stadion qurib beriladi

Teglar :  Hokim kubogiAndijon
Millionlar o'yinida : “Iqtidorlarni ko'cha futbolidan izlang!” deyishadi.

To'g'risi, Andijon viloyatining asosiy jamoasi u qadar kuchli bo'lmasada, hududlarda mahalla futboli havas qiladigan darajada rivojlangan. Tumanlardagi mavjud mini-stadionlar doim gavjum.

Viloyat mutasaddilari aholining eng sevimli sporti turi - futbolni keng targ'ib qilish, asosiysi - qishloq yoshlari ichidan eng iqtidorli sportchilarni  tanlab olish uchun mavjud 878 ta mahalla jamoalari o'rtasida nufuzli musobaqa uyushtirdi.

18  yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan mahalliy  futbolchilardan tuzilgan jamoalar 1 avgustdan boshlab “Viloyat hokimi Kubogi”da ishtirokini boshladilar.  Jamoalar birinchi bosqichni o'z sektorlarida o'tkazib, ikkinchi bosqich tuman birinchiligiga yo'l oladi. O'z tumanida g'olib bo'lgan jamoalar viloyat bosqichida to'p suradi.

“Oddiygina mahalla yigitlari ichida kelajagi porloq futbolchilarni kashf qilyapmiz. Mazkur musobaqa, yangi iqtidorlarni tanitish  bilan birgalikda, yoshlar o'rtasida futbolni ommaviyligini yanada oshirishga yordam beradi”,-deydi viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek  Karimov.

Musobaqaning final o'yini 22 avgust kuni “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi. Birinchi o'rinni olgan jamoa mahallasiga zamonaviy mini-stadion qurib beriladi. Sovrindor jamoalarga esa katta summadagi sport jihozlari topshiriladi.
   
Elmurod Ermatov, Andijon

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика