So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  2 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

Andijon viloyati hokimi Kubogi finalidan “Rashmilk” va “Navbahor” jamoalari uchrashdi Yangiliklar

Andijon viloyati hokimi Kubogi finalidan “Rashmilk” va “Navbahor” jamoalari uchrashdi

Teglar :  NavbahorRashmilk
Andijonda o'tkazilgan professional, havaskor va qo'shma korxonalar jamoalari o'rtasidagi viloyat hokimi Kubogi musobaqalarida vodiyning 13ta jamoasi ishtirok etdi.

Jamoalar uch guruhga bo'lingan holda bahslarda qatnashdilar. Bo'lib o'tgan qiziqarli bahslar yakunida eng kuchlilar saralanib asosiy o'yinlarga etib kelindi.

Musobaqaning uchinchi o'rin uchun uchrashuvi “O'zDongYAng” va “O'zSemYUng” jamoalari o'rtasidagi kechib, 2:0 hisobi bilan yakuniga etdi.
Ko'plab muxlislarning qiziqishiga sabab bo'lgan final uchrashuvida esa Andijonning “Rashmilk” ham Namangan viloyatining “Navbahor” jamoalari kuch sinashdilar. Keskin kurashlar bilan kechgan bahsda “Rashmilk” 1:0 hisobi bilan g'alaba qozondi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida so'z olgan Andijon viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov hamda Namangan futboli mutasaddilari turnirda faol ishtirok etgan jamoalarga o'z minnatdorchiligini bildirdilar. Turli yo'nalishlarda o'zini namoyon etgan havaskor futbolchilarga alohida sovg'alar berildi.

Asosiy sovrin bo'lgan Andijon viloyat hokimi Kubogi “Rashmilk” jamoasiga topshirildi.


Elmurod Ermatov, Andijon

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика