So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Andijon viloyati futbol federaciyasining yil yakunlariga bag'ishlangan hisobot yig'ilish va bayram tadbiri bo'lib o'tdi Yangiliklar

Andijon viloyati futbol federaciyasining yil yakunlariga bag'ishlangan hisobot yig'ilish va bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Teglar :  Andijon
27 dekabr, chorshanba kuni Andijon shahrida joylashgan “Istanbul lazzat” kafesida viloyat futbol federaciyasi tomonidan 2017 yilda amalga oshirilgan ishlari to'g'risida hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishdan so'ng futbol bo'yicha 2017 yilning “Eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimi hamda yil yakunlariga bag'ishlangan bayram tadbiri o'tkazildi. Ushbu tadbirda viloyat futboli faxriylari, 2-tabaqa jamoalarining murabbiylari, “Andijon”, “Turon-S” va “Andijanka” jamoalari mutasaddilari, futbol bo'yicha nazoratchilar, hakamlar hamda ommaviy axborot vositalari hodimlari ishtirok etdilar.    

Viloyat futbol federaciyasining talqiniga ko'ra, bir qator nominaciyalar bo'yicha  2017-yilning “Eng yaxshi”lar aniqlandi. Unga ko'ra,  “Eng yaxshi murabbiy” – Baxtiyor Hamidullaev (“SHaxrixon-1926” jamoasi), “Eng yaxshi bolalar murabbiyi” – Lochin Guldaev (Andijon shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati), “Eng yaxshi futbol hakami” – Temur To'xtasinov, “Eng yaxshi futbol maktab-internati” – Andijon shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati,

“Eng yaxshi o'yinchi”  - Vagiz Galiulin, “Eng yaxshi yosh futbolchi” – Zayniddin Hamroboev deb topildi.  

SHuningdek Andijon viloyati futboli rivoji va uning ommaviyligini oshirishda beqiyos xissasini qo'shib kelayotgan futbol faxriylari – Islomjon Rahimov, Tohir Eshonxo'jaev, Muhammadqosim To'xtasinov va Iskandar Galiulin, shuningdek viloyat futbolini ommaviy axborot vostilarida keng tarzda yoritib borayotgan mahalliy jurnalistlar – G'ulomqodir Abdurahimov, To'lqin Siddiq (“Andijonnoma” gazteasi), Elmurod Ermatov (“kun.uz”sayti), Muzaffar Karimov (Andijon viloyati teleradiokompaniyasi), Muhammadjon Bilolov (Andijon viloyati teleradiokompaniyasi), Islombek Rustambekov (“championat.asia” sayti), BaxtiyorToshtemirov (“sports.uz” sayti) hamda SHerzodbek Mamadaliev (“UzDongJu” futbol klubi) Andijon viloyat futbol federaciyasining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

SHuningdek tadbir ishtirokchilari joriy yil viloyat futbolida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan video rolik orqali tanishdi. Tadbir yuqori va ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика