"Andijon" va "Buxoro" sobiq futbolchisi "Metallurg" murabbiylar shtabiga qo'shildi
15 fev 08:12
Yangiliklar
"Andijon" va "Buxoro" sobiq futbolchisi "Metallurg" murabbiylar shtabiga qo'shildi
Xabaringiz bor, "Metallurg" jamoasi mavsumga yangi jamoa sifatida hozirlik ko'rmoqda.
Klub tarkib bilan bir qatorda murabbiylar shtabini ham kuchaytirishga urg'u qaratgan. Endilikda Ilhom Mo'minjonovga qozog'istonlik murabbiy Andrey Shumara yaqindan ko'maklashadi. Malumot uchun, Shumara futbolchilik faoliyatida 2006-2007 yillarda O'zbekistonda "Andijon" va "Buxoro" jamoalarida to'p tepgan. Murabbiylikda "Ekibasto'z", "Gefest", "Irtish" klublarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Bunga qadar bekobodliklar murabbiylar shtabida Akmal Ortiqov, Durbek Umaraliev, Oybek Qilichevlar yordam berib kelayotgan edi. Endilikda ular safiga Andrey Shumara ham qo'shildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar