"Andijon" tarixda ilk bor "Paxtakor"ni Toshkentda engdi
13 apr 20:32
Yangiliklar
"Andijon" tarixda ilk bor "Paxtakor"ni Toshkentda engdi
Superliga 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Andijon" qarama-qarshiligi nihoyasiga etdi.
Unda "burgutlar" safarda "sherlar"ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Etiborlisi, "Andijon" o'z tarixida birinchi marta Toshkentda "Paxtakor"ni yutishni uddaladi.
Bundan tashqari, "Andijon" 26 yillik tanaffusdan so'ng "Paxtakor" darvozasiga 3 marta yo'l topdi. Andijonliklar oxirgi marta 1999 yilgi Oliy liga ikkinchi davrasida "Paxtakor" darvozasiga 3 ta to'p kiritishga erishgandi (3:3).
Malumot uchun, bugungi bahsdan keyin "Andijon" 9 ochko bilan 4-o'ringa chiqib olgan bo'lsa, "Paxtakor" 3 ochko bilan 13-pog'onadan joy oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar