So’nggi yangiliklar

07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  24 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  2

"Andijon" PFK qarzdorligi mavjud sobiq futbolchilari bilan 17 iyulgacha hisob-kitob qilishi shart Yangiliklar

"Andijon" PFK qarzdorligi mavjud sobiq futbolchilari bilan 17 iyulgacha hisob-kitob qilishi shart

Teglar :  AndijonPFL
18 iyun sanasidan etiboran O'zbekiston chempionatida rasman transferlar oynasi ochildi. Jamoalar o'z safini yangi o'yinchilar bilan to'ldirishni boshlab yuborishdi.

Professional futbol ligasi jamoalarga yangi o'yinchilarini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berishdan avval klublarning sobiq futbolchi yoki murabbiylari oldida qarzdorligi mavjudligini o'rganib chiqmoqda. Agar klub mavsumning ilk qismidan so'ng xayrlashgan futbolchilari yoki murabbiyi bilan to'liq hisob-kitobni amalga oshirgan bo'lsa, hech qanday muammosiz yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

Biroq Pro-Liga ishtirokchilaridan biri sanaladigan "Andijon" PFK ilgari jamoada faoliyat olib borgan bir necha nafar futbolchidan moliyaviy qarzdor ekani malum bo'ldi. SHu boisdan PFL ushbu klubning yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishi va ularning licenziyasini olishiga ruxsat bermayotgan edi.

"Andijon" PFK bosh direktori – Maruf Abdisalomov PFLga qarzdorlik mavjud bo'lgan futbolchilar bilan 17 iyul sanasiga qadar to'liq hisob-kitob qilinishi xususidagi kafolat xatini taqdim etdi. Qolaversa, klub sobiq futbolchilari Rasul Rahmonov, Akbar Hodjaev hamda Abdulatif Abduqodirovga mavjud qarzning bir qismini to'langani borasidagi hujjatlarni ilova qildi. O'z navbatida yuqoridagi futbolchilar "Andijon" PFK haqiqatdan ham qarz to'lovini amalga oshirishni boshlaganini tasdiqlashdi.

Mazkur holatlar inobatga olinib, Professional futbol ligasi "Andijon" PFKga yangi o'yinchilarni mavsumning ikkinchi qismi uchun ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi. Faqat "Andijon" qarzdorlik mavjud bo'lgan barcha sobiq futbolchilari bilan 17 iyulga qadar to'liq hisob-kitob qilishi lozim bo'ladi.

Bu borada "Andijon" PFK bosh direktori Maruf Abdisalomov quyidagicha fikr bildirib o'tdi.

"PFL klublarga yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishdan avval ularning qarzdorligi mavjud yoki yo'qligini tekshirib ko'rmoqda. Bu tashabbusni qo'llab-quvvatlayman. "Andijon" jamoasida ham turli yillarda boshqa-boshqa rahbariyat faoliyat olib borgani sababli bazi futbolchilar oldidagi qarzdorlik hozirgacha to'planib qolgani bor gap. Ana endi barcha sobiq o'yinchilarimiz bilan hisob-kitobni amalga oshiryapmiz. Hozirda dastlabki to'lovlar qilindi. 17 iyulga qadar barcha qarzlarimizni to'lashga vada beramiz. SHu o'rinda, kafolat xatimizga ijobiy munosabat bildirib, yangi o'yinchilarni safimizga qo'shib olishimizga ruxsat bergani uchun O'FA hamda PFL rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ularning bildirgan ishonchini oqlab, barcha qarzlarimizdan to'la qutilishiga harakat qilamiz", - dedi Maruf Abdisalomov.

Takidlash joizki, 2015 yili "Andijon" futbol klubida faoliyat olib borgan serbiyalik futbolchi Predrag Vuyovich FIFAga jamoada qolib ketgan oylik maoshlari bo'yicha arz qilgan. Ushbu masala bo'yicha PFL FIFAning Futbolchilarning jamoadan-jamoaga o'tishi va ularning maqomini belgilash qo'mitasi bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi va vaziyatning ijobiy hal bo'lishiga harakat qilmoqda. Mazkur holat bo'yicha javobgarlik hamon "Andijon" PFK zimmasida turibdi va klub ushbu holatni to'liq ijobiy hal etishi shart.  

P.S.: Bu kabi ishlardan Superliga hamda Pro-Liga klublari ham xabardor bo'lsinki, endilikda ko'chaga haydalgan murabbiylar va futbolchilar oldidagi qarzdorlik uzilmaguniga qadar, PFL ishni yopmaydi. Maqsad shuki – murabbiylar ham, rahbarlar ham selekciya ishlarini olib borsin, aql bilan ish yuritsin va turli g'irromliklardan chetda bo'lsin.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика