So’nggi yangiliklar

13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда ўз дарвозасидан гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон дунёдаги энг яхши мамлакат"  0 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  2 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  8 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  9 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  4 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  10 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2

“Andijon” – “Norin” o'yini uchun o'tkazilgan viktorina g'oliblari malum Yangiliklar

“Andijon” – “Norin” o'yini uchun o'tkazilgan viktorina g'oliblari malum

Teglar :  AndijonNorin
Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun saytimiz orqali “Andijon” futbol klubi bilan hamkorlikda viktorina tashkil etgandik.

«Andijon» - «Norin» o'yiniga bepul taklifnomalarni qo'lga kiriting

Unga ko'ra, “Andijon” klubiga oid bo'lgan ikkita savolga tezkor va aniq javob bergan o'quvchilarimiz malum bo'ldi.

2008 yili “Andijon” jamoasining to'purar futbolchisi kim bo'lgan? Degan savolga andijonlik futbol ishqibozi Sarvar Yuldashev birinchi bo'lib aniq javob berdi. Tushlikdan so'ng Sarvar Yuldashev “Andijon” klubi ofisiga tashrif buyurib, klub menejeri Islombek Rustamovdan “Andijon” – “Norin” uchrashuviga ikkita taklifnomani qabul qilib oldi.
Fursatdan foydalanib, viktorina g'olibi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  Men Sarvar Yuldashev 1991 yil Andijon shahrida tug'ilganman. O'zimni “Andijon” jamoasining ashaddiy ishqibozlaridan biri deb hisoblayman. Sevimli jamoamning har bir o'yinini qoldirmasdan kuzatib boraman. SHu bilan birga O'zbekistondagi birinchi raqamli futbol sayti bo'lgan “championat.asia” internet portalining doimiy o'quvchisiman. Saytga har kuni kirib, futbol olamidagi yangiliklar bilan keng tarzda tanishib boraman. Bugun “championat.asia” saytida bo'lib o'tgan viktorinada ishtirok etib, undagi savollarga o'z javobimni qoldirishga qaror qildim. Unda g'olib bo'lganimdan xursandman. Bu kabi viktorinalar kelgusida ham bo'lishini biz muxlislar xohlardik.


-   2008  yili “Andijon” jamoamiz uchun mavsum juda ham omadli o'tganini alohida takidlash o'rinli bo'lardi. Negaki, jamoamiz ushbu mavsumda o'zining eng yaxshi natijasini qayd etgandi. 5-o'rin hozirgacha eng yuqori natija bo'lib turibdi. 2008 yilgi mavsumda jamoamiz o'z muxlislarini juda quvontirgandi. U paytdagi o'yinlarni hech qachon unutmiman. Juda ham quvonchli lahzalar ko'p bo'lgandi. O'sha mavsumning ikkinchi davrasida gruziyadan taklif etilgan Levan Mdivnishvili jamoa to'purari bo'lgandi. Tezkor hujumchilar sirasiga kiradigan Mdivnishvili qisqa fursat ichida andijonlik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib qolgandi.

Viktorinada berilgan ikkinchi savolning javobi esa, - Ro'zimboy Ahmedov. Biz uchun alamli tarzda yakunlangan 2016 yilgi mavsumning so'nggi uchrashuvida Ro'zimboy Ahmedov “Navbahor”ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasini ishg'ol etgandi. Qorli maydonda kechgan vodiy derbisida “Andijon”ning oliy ligada qolishiga atiga bitta gol etishmagandi.

- Bu yil “Andijon” jamoamiz o'z oldiga yana kuchlilar safiga qaytishni maqsad qilib belgilagan. Jamoa tarkibi yaxshi shakllangan. Nasib qilsa bu yil “Andijon” yana elitaga qaytadi – deydi viktorina g'olibi Sarvar Yuldashev.


Viktorinaning ikkinchi g'olibi ALI nikidagi o'quvchi bo'ldi. Yaqin vaqt ichida unga ham "Andijon" klubi tomonidan taklifnoma taqdim etiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика