So’nggi yangiliklar

00:06"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  0 23:39Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  3 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  11 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4

“Andijon” nazorat uchrashuvida Qozog'iston klubini mag'lub etdi Yangiliklar

“Andijon” nazorat uchrashuvida Qozog'iston klubini mag'lub etdi

Teglar :  Andijon
Bo'lajak mavsumga astoydil tayyorgarlik olib borayotgan andijonliklar ayni damda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Eldor Sakaev boshqaruvidagi “burgutlar” mashg'ulotlar bilan birga kun-ora nazorat uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Xususan bugun “Andijon” poytaxtdagi “Obod” stadionida Qozog'istonning “Maxtaorol” jamoasi bilan bellashdi.  

O'yinda “Andijon” murabbiylar shtabi tarkibdagi o'yinchilarni yana bir ko'zdan kechirib, sinovdan o'tkazganligini aytish lozim. Bahsning dastlabki taymida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda esa zaxiradan maydonga tushgan Marufjon Zokirjonov yaratilgan vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi – 1:0.

Garchi qolgan daqiqalarda gol urish imkoniyati bo'lsada, darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.  

SHu tariqa “Andijon” navbatdagi nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi.
 
“Andijon”ning boshlang'ich tarkibi quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:
Muhiddin Xudoyorov, Artur Mamatkazin, Siroj Hamroev, Islom Inomov, Mirshohid Olimov, Maruf Murodov, Sunnat Abdullajonov, Obid Hakimov, Ibrohim Otaxonov, Eldor Boymatov, Alisher Abduvohidov.  

Ikkinchi bo'limda tushganlar: Alibek Turobov, Mirjalol Rajabov, Ziynatillo Ikromjonov, Baxtiyor Qosimov, Usmonali Ismonaliev, Vusol Magerramov, Jahongir Mahsudov.  
 
Jamoa tarkibiga yangi futbolchilarning kelib-qo'shilishi davom etmoqda. Kuni-kecha “Obod”ning sobiq yarim himoyachisi Obid Hakimov “Andijon” safiga qo'shildi. Selekciya ishlari to'xtagani yo'q va hozirgi kunda murabbiylar yana ayrim futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.      
 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика