So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  30 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

"Andijon" klubi smetasi O'FA tomonidan maqullandi Yangiliklar

"Andijon" klubi smetasi O'FA tomonidan maqullandi

Teglar :  Andijon
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi "Futbol klublari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 261-sonli qaroridan kelib chiqib, Musobaqalar reglamentiga Superliga va Pro liga klublari yillik xarajatlari smetasini FIFA hamda OFK talablarini inobatga olgan holda O'FA bilan kelishishi masalasi kiritilgandi.  

Futbol klublariga ajratilayotgan mablag'larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 2022 yilgi mavsum oldidan klublar ilk bor o'z smetasini kelishish uchun O'FAga taqdim etgandi. Endi ular 2022 yilgi smetadan o'rin olgan mablag'lar maqsadli sarf etilishi yuzasidan komissiya suhbatida bo'ladi. 

SHu maqsadda klublar birma-bir yillik byudjet smetasini maxsus komissiya oldida himoya qilib chiqmoqda. Bungacha bir qator jamoalar bu ishni bajargan bo'lsa, endi navbat “Andijon” jamoasiga ham etib keldi. 

Klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev kuni kecha O'FAda tashkil etilgan maxsus komissiya suhbatida bo'lib, jamoaning yillik byudjetini yil davomida qanday taqsimlanishi yuzasidan muvaffaqiyatli himoya qildi. 

Qayd etilishicha, “Andijon” klubining yillik smetasidan asosiy jamoa, U-21, U-19, ayollar va futzal jamoalari, shuningdek, administraciya, xizmat ko'rsatuvchi personallar kabi 7 ta bo'g'in joy olgan. Ular uchun oyma-oy xarajatlar qanday taqsimlanishi alohida ko'rsatib o'tildi. Qolaversa, stadion maydonini yaxshilash, “projektor” masalasi bo'yicha ham mablag'larning o'rinli sarflanishi raqamlarda keltirib o'tilgan. 

O'FA komissiyasi tomonidan "Andijon" futbol klubining smetasi maqullandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика