So’nggi yangiliklar

00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  0 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1

“Andijon IFMI” Qozog'istondagi xalqaro turnirda finalga chiqdi! Yangiliklar

“Andijon IFMI” Qozog'istondagi xalqaro turnirda finalga chiqdi!

Ayni damda Qozog'istonning CHimkent shahrida bolalar o'rtasida xalqaro xotira turniri bo'lib o'tmoqda.

Unda Andijon viloyatining SHo'rbuloq dahsida joylashgan “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati” jamoasi ham bevosita ishtirok etmoqda. 2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi musobaqada O'zbekiston jamoasidan tashqari Rossiya va Qozog'iston davlatlaridan ham jamoalar qatnashmoqda.
CHempionatda jami 12ta jamoa ikki guruhga bo'lingan xolda, g'oliblik uchun kurashmoqda. Malumot uchun “Andijon IFMI” jamoasiga bosh murabbiy SHoxrux Ishanov va murabbiy Lochin Guldaev boshchilik qilmoqda.
“Andijon IFMI” jamoasi o'z guruhidagi so'nggi o'yinini CHimkentning “Ordabasi” jamoasiga qarshi o'tkazdi. Etiborlisi mezbonlarga qarshi bahsda ham mag'lubiyatga uchramagan andijonliklar 11 ochko jamg'arib,  o'z guruhida 2-o'rinni qo'lga kiritib, yarim finalda o'ynash xuquqiga ega bo'ldi. O'z oldiga finalga chiqishni asosiy maqsadlardan biri sifatida qo'ygan “Andijon IFMI” jamoasi yarim finalda Moskaning “Spartak” futbol klubi maktabi tarbiyalanuvchilarini 3:2 hisobida taslim etib, finalga yo'llanma oldi. Endi ertaga vakillarimiz finalda guruhdagi tanish raqib bo'lgan CHimkentning “Ordabasi” futbol klubi tarbiyalanuvchilariga qarshi bahs olib borishadi. Umid qilamizki, andijonliklar finalda ham ijobiy natija qayd etib, yurtimizga Kubok bilan qaytadi.  
Vakillarimiz turnirdagi ishtirokini boshlab yubordi va hozircha uchta o'yin o'tkazib, shuladan ikkitasida g'alaba va bitta bahsni nursiz durang bilan yakunladi.


“A” guruhida “Andijon-IFMI”ning qayd etgan natiajalari:
“BIK-akademiya” – “Andijon-IFMI” 0:0
“Andijon-IFMI” – “Sayram-futbol maktabi” 2:1  
“Andijon-IFMI” – “YUKO” FK 2:0
“Ordabasi” – “Andijon-IFMI” 1:1

Yarim final
22.10.2017yil

“Spartak”(Moskva) – “Andijon-IFMI” 2:3

Final
23.10.2017 yil
“Ordabasi” (CHimkent) – “Andijon-IFMI”

“Andijon-IFMI” tarkibida Qozog'istondagi xalqaro turnirda quyidagi futbolchilar ishtirok etmoqda:
Asilbek Tojiddinov, Fayzullo Nurmuhammedov, SHoxjahon Ikromov, Abubakir Rejabov, Abdusamat Hamidjonov, SHoxjahon Yorqinboev, Omad Tursunaliev, Fazliddin Zuhridinov, Rahmatillo Izzatullaev, B.Abdumamitov, Rahmatillo Karimov, Izzatillo Abdumalikov, O'ktam Abdumalikov, R.To'raboev, Oyatillo No'monov, Azizbek Usmonov, Hamidillo Karimov, Zayniddin Hamroboev.  


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика