So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

“Andijon” FK azolari bolalar shaharchasiga tashrif buyurdi Yangiliklar

“Andijon” FK azolari bolalar shaharchasiga tashrif buyurdi

Teglar :  Andijon
“Andijon” futbol klubi rahbariyati va futbolchilari “Bolalar shaharchasi”ga tashrif buyurib, u erdagi bolalar bilan uchrashdi.

SHuningdek ushbu tadbirda Andijon viloyati futbol federaciya, O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi – Andijon viloyati filiali, sport ko'mitasi rahbariyati ham ishtirok etib, bolalarga bir qator estalik sovg'alarni ulashdi. Uchrashuv avvalida rahbariyat azolari so'z olib, bolajonlarga klub haqida malumot berib, ularni sportning nafaqat futbol turi bilan balki boshqa sport bilan ham shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar borligini takidlab o'tdi. 


Futbolchilar nomidan esa tajribali hujumchi Anvar Berdiev so'z olib, o'z dil izhorlarini bildirdi va millionlar o'yini bilan jiddiy shug'ullanishni ko'zlayotganlarni doimo o'z ustida ishlashi kerakligini takidladi va “Andijon”ning har bir uy o'yiniga tashrif buyurishlarini va qo'llab-quvvatlashga chorladi. Qolaversa “burgutlar”ning tajribali o'yinchilari bo'lgan Sanjar Asqaraliev, Ibrohim Otaxonov va Farhod Bekmuratov ham bolajonlar bilan suhbatda bo'lib bolajonlarni qiziqtirgan savollariga javob berib o'tishdi. 


Ularni kelajakda futbolchi bo'lib etishishi uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotganligi haqida aytib o'tishdi. Uchrashuv chog'ida “Andijon” azolari bolalar shaharchasidagi tarbiyalanuvchilarga turli xil sovg'a-salom va sport anjomlarini taqdim qilishdi. SHuningdek, shiringina bolajonlar o'zlari havas qiladigan futbolchilar bilan esdalik uchun suratga tushish imkoniga ega bo'lishdi. O'z navbatida Bolalar shaharachasining rahbariyati va tarbiyalanuvchilari ham so'z olib tadbir ishtirokchilariga hamda “Andijon” futbol klubiga omad tiladilar.


Tadbir davomida professional futbolchilar tomonidan bolajonlarga master-klass o'tkazildi va ikki tarkibga bo'lingan xolda o'zaro o'yin tashkil etildi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi. Bizning kelajagimiz bo'lmish bolajonlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash xalqimizning eng ajoyib fazilatlaridan biri. 


“Andijon” futbol klubi bu kabi tadbir va uchrashuvlar tashkil etishda davom etadi. Zero, bunday tadbirlardan maqsad farzandlarimizning kelajakda vatanimiz sharafini himoya qiladigan, bayrog'ini halqaro maydonlarda yuqoriga ko'taradigan insonlar bo'lib etishishida oz bo'lsa ham ulush qo'shishdir.



"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика