So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  26 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

"Andijon" endi xususiy klub emasmi? Klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev javob berdi Yangiliklar

"Andijon" endi xususiy klub emasmi? Klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev javob berdi

Xabaringiz bor, kecha "Andijon" klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev saytimiz mehmoni bo'ldi.

Suhbat davomida bir qator qiziqtirgan savollarimizga javob oldik. Bilasiz, "Andijon" jamoasi bunga qadar xususiy klub maqomida edi. Endilikda vaziyat qanday?


"Hozirgi kunda jamoani Andijon viloyati hokimligi o'z nazoratiga olgan. Xabaringiz bor, viloyat hokimi mavsum so'nggida futbolchilar, murabbiylar, ishchi xodimlar oldida yig'ilib qolgan barcha qarzdorliklarni bartaraf etdi. Bizga juda yaxshi bo'lgani, hozirda dekabr oyi oyliklari ham yopilgan. Ayni paytda barcha harakatlar, mablag'lar 2023 yil uchun to'planyapti. CHunki deyarli 99 foiz jamoalar dekabr oyi maoshlarini to'lashlari kerak. Agar oktyabr, noyabr oyliklarini berishgan bo'lsa. Ammo biz ham istaymizki, "Andijon" jamoasining muayyan homiysi bo'lishini. Yashirishni hojati yo'q, Superligada ayrim jamoalarning aniq homiylari bor. Masalan "O'zmetkombinat" "Metallurg"ning homiysi, NKMK "Qizilqum", OKMK AGMK, hududiy elektor tarmoqlari akcionerlik jamiyati "So'g'diyona"da, gidroenergiya "Surxon"da, shu kabi muayyan homiyga ega bo'lishni istaymiz. SHanba kuni bo'lib o'tgan kongressdan so'ng Abdusalom Azizov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. SHunda men Abdusalom Azizovdan iltimos qildim. Yaqin kunlarda elon qilinadigan futbolni rivojlantirish bo'yicha hukumat qarori tayinlanayotgan ekan. SHu qarorga bosh homiy sifatida "O'zavtosanoat" korxonasini kiritishni iltimos qildik.

O'ylaymanki, bunday katta kompaniyaning homiy bo'lishi Andijon futboliga katta turtki beradi. SHundan keyin jamoamizni kuchaytira olsak, baribir futbolda hamma narsa moliyaga bog'liq. PFL uchun ham, o'zbek futboli uchun ham obro' olib bera olamiz. Har bir uchrashuvda 20 mingdan oshiq muxlis kirsa, Nodirbek To'ychiev boshchiligidagi fan klubimiz o'yinlarni yondirib beradi. 2023 yilda O'FA bizga katta yordam bersa, homiyni ham, futbolimiz rivojiga katta hissa qo'sha olamiz. Bu bevosita O'zbekistonda sportni rivojlantirishga tasir qiladi",- deydi Ulug'bek Mirzaev. 


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика