"Andijon" chernogoriyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
18 jan 19:54
Yangiliklar
"Andijon" chernogoriyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
27 yoshli chernogoriyalik himoyachi Miomir Jyurikovich andijonliklar safini to'ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati elon qildi.
Oldinroq saytimiz orqali "Andijon" tez orada bo'ydor legioner himoyachi bilan shartnoma imzolashi haqida elon qilgandik.
191 santimetr bo'yga ega Jyurichkovich faoliyati davomida "SHole" (Franciya), "Rudar", "Iskra", "Grbal", "Buduchnost" (barchasi CHernogoriya), "Saraevo" (Bosniya va Gercegovina) kabi klublarda to'p tepgan.
Futbolchi ikki marta CHernogoriya chempioni bo'lgan va ikki marta CHernogoriya kubogi sohibiga aylangan. Jyurichkovich 2024 yilda "Saraevo" klubining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar