So’nggi yangiliklar

18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  9 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  2 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   2 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  5 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  13 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  5 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  20 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  12 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0

Andijon bugun nazorat o'yinini o'tkazdi Yangiliklar

Andijon bugun nazorat o'yinini o'tkazdi

Teglar :  Andijon
O'z qarorgohida yig'in o'tkazayotgan andijonliklar bugun navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

SHo'rbuloq dahasidagi FIMI stadionida birinchi liga vakili Yozyovon-Lochinlari jamoasiga qarshi o'tkan o'yinda futbolchilarimiz g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda bosh murabbiy Vitaliy Legay kecha viloyat hokimi kubogi final bahsida ishtirok etmagan tajribali o'yinchilarga imkon berdi. Aytish lozimki, bugungi bahsda mehmon o'yinchilari ham yomon taassurot qoldirmadi. O'yinda avvaliga Ibrohim Otaxonov penaltidan hisobni ochgan bo'lsa keyinroq yozyovonliklardan SHahboz Abdurahmonov javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi taymda esa zaxiradan maydonga tushgan Baxtiyor Qosimov tahminan darvozaga 20-25 metrlar uzoqlikda belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajarib, hisobni 2:1 ko'rinishga keltirdi. Uchrashuvda boshqa gol qayd etilmadi va andijonliklar irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

25/02/2017
Nazorat uchrashuvi.
ANDIJON - YOZYOVON-LOCHINLARI 2:1.
Hakamlar:

SHamshir Qo'ldashev
Elziyod Isomuddinov
Xushnud Suyunboev.

ANDIJON:
35. Lochin Dolimov
26. Qahramon Maxamadjonov
15. Abdurasul Komilov
28. Akbar Xodjaev
70. Oybek Nurmatov
55. Sanjar Asqaraliev
8. Farhod Bekmuratov
6. Ibrohim Otaxonov
22. Maqsud Mahmudov
44. Kamron Abduhamidov
32. Alisher Abduvohidov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:
60. Xusniddin Xusniddinov
34. SHahboz Jumaboev
25. Muhammadyusuf Abdumajidov
19. Ahror O'ktamov
91. Alisher To'xtasinov
10. Baxtiyor Qosimov.

GOL: Ibrohim Otaxonov (pen). Baxtiyor Qosimov. SHahboz Abdurahmonov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика