"Andijon" bosh murabbiyi: "Yig'in chog'ida natija muhim ahamiyatga ega emas"
14 fev 12:33
Yangiliklar
"Andijon" bosh murabbiyi: "Yig'in chog'ida natija muhim ahamiyatga ega emas"
Jamoa dastlab 0:2 hisobida yutqazgan bo'lsa, ikkinchisida 2:0 natijasi bilan g'alaba qozondi. Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mazkur o'yinlar xususida klub matbuot xizmatiga taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ushbu yig'in chog'ida natija muhim ahamiyatga ega emas. O'yinga mazmun olib kirish, mashg'ulotlardagi ishlanmalarni amalga oshirish muhim sanaladi. Afsuski, birinchi o'yinda ishlanmalarimizning hech qaysisi o'xshamadi, passiv harakatlandik. Hujumlar tashkil qilishda oqsadik. 90 daqiqa davomida bor-yo'g'i bir marotaba burchak to'pi ishladik. Umumiy olganda, hech narsa o'xshamadi. Raqib bizdan kuchli ko'rindi va shunga yarasha g'alaba qozondi.
Ikkinchi o'yinda esa birinchi uchrashuvdan farqli o'laroq xohish va iroda borligini ko'rdim. Bir qancha ishlanmalarni amalda qo'lladik. Ko'plab vaziyatlar yarata oldik. Yana aytaman, hozir natija muhim emas. Qanday yo'nalishda ishlayotgan bo'lsak, uni yaxshilashga va o'z o'yinlarimizni yo'lga qo'yishga harakat qilyapmiz”, – dedi Xomyakov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar