Ander Errera De Xeani Messiga tenglashtirdi
19 may 2018 11:48
Yangiliklar
Ander Errera De Xeani Messiga tenglashtirdi
De Xea navbatdagi omadli mavsumdan so'ng muxlislar o'rtasida ham, futbolchilar o'rtasidagi ham jamoaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
SHuningdek, darvozabon Angliya professional futbol Associaciyasining "yil jamoasi"ga ham kiritildi. Bir so'z bilan aytganda, bugungi kunda David dunyoning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi.
Erreraning fikricha, jamoadoshi va "Barselona" forvardi Lionel Messining qobiliyati o'rtasida umumiy nimadir bor.
"Menimcha, bugungi kunda David eng zo'ri. Unda o'zgacha iqtidor bor. Nazarimda, yaratgan huddi Messini tanlaganidek De Xeani ham tanlagan.
Uning "Liverpul" bilan o'yinda bajargan ishlarini mashg'ulotlarda o'rganib bo'lmaydi. Uning Agueroga qarshi o'yinini o'rganib bo'lmaydi, o'shanda Serxio Davidning darvozasidan 2 metrgina uzoqda edi.
U juda yaxshi, bu narsa har safar ko'rinadi. U to'pni olgach, u bilan nima qilishni biladi.
Unda o'zgacha imkoniyatlar bor, menimcha ularni mashg'ulotlarda o'ziga singdirmagan. CHunki, ularni o'rganish imkonsiz. Faqatgina mana shunday iqtidor bo'lib tug'ilish kerak", - dedi Errera.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar