Anchelotti yirik mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
27 okt 2024 09:50
Yangiliklar
Anchelotti yirik mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Real Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Barselonadan uchralgan yirik mag'lubiyatga munosabat bildirdi.
«Birinchi golga qadar uchrashuv teng kurashlar ostida o'tayotgandi. Bizda gol urishga imkoniyatlar etarli darajada bo'ldi. Bugun jamoaga omad etishmadi. Ular ikki daqiqada ikkita gol urishdi va bu bizning energiyamizning yo'qolishiga sabab bo'ldi. Bu gollardan so'ng biz tavakkal qilishga majbur bo'ldik va buning oqibatida raqib qarshi hujumlarda imkoniyatlarga ega bo'ldi.
Hisob bugungi o'yinga mos bo'ldi deb aytmagan bo'lardim. Bugun ular o'zlarining maydondagi shijoatlari sababli g'alaba qozonishdi», — dedi Anchelotti.
Malumot uchun, ushbu mag'lubiyat Anchelotti uchun «El Klassiko»lardagi o'ninchisi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar