Anchelotti sharmandali mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
21 mar 2022 07:50
Yangiliklar
Anchelotti sharmandali mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
“O'yin starti yaxshi bo'ldi, ammo 0:1 dan so'ng nazoratni yo'qotdik, “Barsa” bo'sh erlarni topdi va bizga muammo tug'dirdi. Uch himoyachi bilan bahsni boshladik, yakkama-yakka o'ynashga intildik, ammo bu bizga natija bermadi, bizning kunimiz emasdi.
CHempionatdagi ustunlik biz tomonda. Endi dam olish va keyingi 2 haftaga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. 2-taymda ko'proq pressing qilishga harakat qildik, ammo bu amalga oshmadi. Bu esa mening aybim.
Bu og'ir mag'lubiyat, chunki bu “Klasiko”. Bu zarba, jangda yutqazdik.
Biroq, bizda (La Liga) ustunlik bor va xotirjamlikni saqlab, jarohatdagilarning safga qaytishini kutishimiz zarur. O'tgan uchrashuv tufayli drama keltirib chiqarishga hojat yo'q. Bizni tanib bo'lmasdi, bari o'xshamadi. Buni unutib, oldinga intilishda davom etishimiz zarur, bizda katta ustunlik bor”, deydi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar