Anchelotti: "APL barcha ligalardan oldinda"
02 sen 2022 21:52
Yangiliklar
Anchelotti: "APL barcha ligalardan oldinda"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL klublarining moliyaviy ustunligi haqida gapirdi.
“Bu qachon to'xtashini bilmayman. Ularga yaqinlashish, o'yin sifatini, muhitni yaxshilash, yangi stadionlarni foydalanishga topshirish – nafaqat Ispaniyaning, balki barcha ligalarning maqsadi.
APL telehuquq narxi hisobiga ancha oldinga o'tib ketdi. U barcha ligalardan oldinda. U erda atmosfera yaxshiroq, zo'ravonlik yo'q, stadionlar doim to'la, zamonaviy arenalar ko'p.
Ularda ustunlik bor. Qolgan ligalarning maqsadi men aytib o'tgan barcha jihatlarni yaxshilash bo'lishi kerak", – dedi "qirollik klubi" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar