Ana xolos! Pike mavsum so'ngida faoliyatini yakunlashi mumkin
08 sen 2021 11:53
Yangiliklar
Ana xolos! Pike mavsum so'ngida faoliyatini yakunlashi mumkin
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike uchun 2021/22 yilgi mavsum so'nggisi bo'lishi mumkin.
"Men faoliyatimni "Barselona" o'yinchisi sifatida yakunlayman. Bu mavsum so'nggisi bo'lishi mumkin. Yillar o'tmoqda, shunday ekan kelasi mavsumda o'ynashimga kafolat bera olmayman. Jamoamga foydam tegmasligini bilgan paytim, futboldan ketish borasida qaror qabul qilaman", - deydi Pike.
Pike - "Barselona" tarbiyalanuvchisi, u "ko'k-anorranglilar" libosida 568ta o'yinda maydonga tushib, 51ta gol va 13ta assist qayd etgan.
U Kataloniya jamoasi bilan 8 bor La Liga, 7 bor mamlakat Kubogi, 6 bor mamlakat Superkubogi, 3 bor CHempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibiga aylangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar