Ana xolos! "Lester" avgust oyida sotib olgan futbolchini bugun ro'yxatdan o'tkazdi
01 jan 2018 17:31
Yangiliklar
Ana xolos! "Lester" avgust oyida sotib olgan futbolchini bugun ro'yxatdan o'tkazdi
"Lester" klubi portugaliyaik Adrien Silvani nihoyat o'z futbolchisi sifatida tanishtirdi.
Futbolchi avgust oyida, transfer oynasining so'nggi kunida "Sporting"dan Angliya klubiga ko'chib o'tgandi. Ammo uning hujjatlari FIFAga ro'yxatdan o'tkazish vaqti yopilgach 14 soniya o'tgach etib borgan. SHu bois "Lester" futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmayotgan edi.
Adrien Silva bugun rasman "tulkilar" azosiga aylandi. Biroq u bugungi "Xaddersfild"ga qarshi o'yinda yangi jamoasiga yordam bera olmaydi. Sababi hech bir futbolchi ro'yxatdan o'tgan kuni yangi klubi safida maydonga tusha olmaydi.
Fikrlar