Mourinyu APL vingeri bilan shartnoma imzolamoqchi
22 iyu 18:51
Yangiliklar
Mourinyu APL vingeri bilan shartnoma imzolamoqchi
"Nottingem Forest" klubi qanot hujumchisi Jota Silva Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
25 yoshli portugaliyalik xizmatlariga shaxsan "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, turk klubi Silvani sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining agenti bilan muzokaralar allaqachon boshlangan.
Silva 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt vingerning narxini 15 mln evroga baholamoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar