Amrabat: "Menga Simeonening o'yin uslubi yoqadi"
15 dek 2022 14:30
Yangiliklar
Amrabat: "Menga Simeonening o'yin uslubi yoqadi"
- "Barselona", "Atletiko" kabi jamoalar siz bilan bog'lana boshlashdimi?
-Bunday klublar bilan bog'lanayotganim bilan faxrlanaman. Hozir "Fiorentina"da o'ynayapman. O'z klubimni juda hurmat qilaman, bu ajoyib jamoa.
Bizda qoyilmaqom murabbiy [Vinchenco Italyano] va meni "Fiorentina"ga olib kelgan xo'jayin Rokko Kommisso, shuningdek, Jo Barone [klub bosh menejeri] va Daniele Prade [sport direktori] bilan ajoyib munosabatdaman. Men ularni va klubni juda hurmat qilaman.
- Ammo Simeone o'z uslubidagi futbolchilarni yaxshi ko'rishi rost...
- "Fiorentina"da ajoyib murabbiyim bor. Men boshqalar haqida gapirishni yoqtirmayman.
Ammo Simeonening ishiga qarang, u nimaga erishdi? U ko'p yillardan buyon "Atletiko"ga murabbiylik qilmoqda. Menga uning o'yin uslubi yoqadi. U juda ko'p g'alaba qozondi, uni juda hurmat qilaman. Uning jamoasidagi futbolchilar jismonan kuchli va tajovuzkor. Menga bunday o'yin yoqadi.
- Sizningcha, Marokash va "Atletiko" qaysidir jihati bilan o'xshashmi?
- Ha, Marokash "Atletiko" kabi o'ynashini o'qidim. Balki biz kuchli himoya tufayli o'xshashdirmiz. Har doim shunday o'ynashni yaxshi ko'rishimni aytganman.
Menimcha, ha, balki "Atletiko" va Marokash o'xshashdir, shuningdek, uslub ham Gattuzo jamoalariga o'xshaydi. Har bir murabbiyning o'ziga xos uslubi bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar