Amorim qishda MYUni tark etishi mumkin edi, ammo...
20 may 00:05
Yangiliklar
Amorim qishda MYUni tark etishi mumkin edi, ammo...
ESPN xabariga ko'ra, yanvarda Amorim natijalardan xafsalasi pir bo'lgandi – jamoa sakkizta o'yinda faqat bir marta g'alaba qozongan, u istefoga tayyor turgandi. Hamkasblari uni bu fikrdan qaytarishdi.
Portugaliyalik murabbiy rasman rahbariyatga ketishga tayyorligi haqida xabar bermagan bo'lsa-da, klubdagi bazi yuqori martabali shaxslar, jumladan, bosh direktor Omar Berrada uni qo'llab-quvvatlashga ishontirdi.
Bundan tashqari, klub egalaridan biri Jim Retkliff boshchiligidagi "Yunayted" rahbarlari, qiyinchiliklarga qaramasdan, Amorim bu vazifa uchun munosib nomzod ekaniga ishonishda davom etishdi.
Manbalardan birining xabar berishicha, yanvarda murabbiy "sezilarli darajada sochi oqargan".
Amorim "Yunayted"ni 2024 yil noyabrdan beri boshqaradi. Jamoa APL turnir jadvalida 37 turdan so'ng 39 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda. Evropa Ligasi finalida mankunianlar "Tottenhem" bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar