So’nggi yangiliklar

15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  2 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  15 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  16 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  9 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  36 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8

Amir Galenoi: "O'zbekistonda oltin avlod bor edi, ammo ular hozir "nafaqada" Yangiliklar

Amir Galenoi: "O'zbekistonda oltin avlod bor edi, ammo ular hozir "nafaqada"

CAFA NATIONS CUP finalida O'zbekiston termasi mag'lub etilganidan so'ng Eron termasi bosh murabbiyi Amir Galenoi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

Bosh murabbiy: - Avvalambor, o'z barchaga salomlarimni yo'llayman. Turnir tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan hamyurtlarimizga rahmat aytaman. O'yin boshida ko'p holatlar yuz berdi, o'yinchilarimizning jarohat olishi biz uchun kutilmagan holat bo'ldi. O'yinning ikkinchi qismida ularning o'rniga boshqalarni tushirishga harakat qildik.  Vaziyatdan unumli foydalana oldik. Imkoniyatlar teng edi, O'zbekiston ham g'alabaga loyiq o'ynadi. O'zbekistonga ham tabrik yo'llayman, ular ham chiroyli o'yin namoyish etishdi. Kuni kecha aytganimdek, o'zbek futbolida rivojlanish kuzatilmoqda.

Sardor Azmun: - Yaxshi o'yin bo'ldi. O'yin yakunlangach, ikki jamoaning ehtiromi bizni xursand qildi. Bosh murabbiyimiz aytganidek, o'yin boshida biz uchun shok holati yuz berdi. Muhim o'yinchilarimiz jarohatga yo'liqdi. O'yinning ikkinchi qismida birlashib, yaxshi natija qayd etishning uddasidan chiqdik. O'z navbatida, O'zbekiston futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman, ular ham yaxshi o'yin namoyish etdi.

Murabbiy: - Ikki o'yinchimiz jarohat olganida, darvozabondan tashqari, ikkinchi o'yinchimizni o'zgartirmoqchi edik. Ammo u o'yinni davom ettirishini aytdi. Bu bizni xursand qildi.

- O'zbekiston kelajakda Eron termasini yutishi uchun nima qilishi lozim?

- Bu haqda texnik murabbiylar javob bergani maqul. 2006 yildan beri o'zbek futbolini kuzatib boraman va etarlicha malumotga egaman. O'zbekistonga 10 marta tashrif buyurganman. Mamlakatda sport sohasidagi o'zgarishlarni alohida takidlash lozim. Menimcha, O'zbekiston rivojlanish yo'lini topdi. Avvallari shunga o'xshash stadion to'lmasdi. Mamlakat rivojlanishi uchun to'rt narsa muhim ahamiyatga ega:  xavfsizlik, iqtisod, rejalashtirish, infrastruktura. Bu erda hozir barchasi bor. Ikki mamlakat o'rtasidagi o'xshashliklari, inson resurslari alohida o'rin tutadi. O'zbekiston infrastrukturasini amalda ko'rdik. O'zbek futbolini kuzatib boraman. Yoshlar jamoangiz yaxshi natijalarga erishmoqda. O'zbekistonda bir vaqtlar oltinga teng avlod bor edi, biroq ular allaqachon butsalarini mixga ilishgan. Hozirgi avlod ularning o'rnini munosib egallaydi, deb o'ylayman. Futbol shunday narsaki, natijaga darhol erishilmaydi. Bunga vaqt kerak.

- Futbolchilar o'rtasida kelishmovchiliklar ko'p bo'ldi. Bunga asosiy sabab nimada?

Sardor Azmun :- Futbolchi sifatida bunga normal qarayman. Bu oddiy holat. O'yin tugagandan keyin munosabatlar buni tasdiqlaydi.

Murabbiy: - Biz kecha kechki ovqatdan keyin ko'chalarni biroz aylandik. Mehmonxonadan 500 metr yurganimizda bir hodisa yuz berdi. O'zbek millatiga mansub ikkki kishi kelib, bir rasm ko'rsatdi. Bir rasm ko'rsatib, bu sizmisiz dedi. Men bilan birga suratga tushishdi. Sizning familiyangiz qiyinroq talaffuz qilinarkan dedi. So'zim oxirida barchaga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика