Amarti: "O'zimiz chiqa olmasligimizni bilib, Urugvayni ham "tortib qolishga" harakat qildik"
03 dek 2022 19:31
Yangiliklar
Amarti: "O'zimiz chiqa olmasligimizni bilib, Urugvayni ham "tortib qolishga" harakat qildik"
Gana termasi futbolchisi Daniel Amarti JCH-2022 doirasida Urugvayga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Hozirgi termamizda 2010 yili Suaresga qarshi o'ynagan futbolchilar yo'q. Bizda avlod o'zgardi. Kechagi o'yinda yutishni istagandik. Ammo qarasak, navbatdagi bosqichga chiqishi uchun Urugvayga gol ko'proq kerak. SHunda jamoaga aytdim: "Biz ham gol urishimiz kerak, ular ham. SHu sababli ko'proq himoyalanamiz. Agarda o'zimiz pley-offga chiqa olmasak, ular ham chiqmasligi kerak", dedim. Albatta, yutishni istagandik. Biroq vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, bizning imkoniyatimiz past edi", - dedi Amarti.
Futbolchi Gana termasi 2:0 hisobidagi g'alaba ham Urugvayni keyingi bosqichga olib o'tmasligini bilgan holda uchinchi golni o'tkazib yubormaslikka harakat qilganini tan oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar