Alvares penalti haqida: "Qoidalar aniqroq bo'lishi kerak"
22 mar 16:55
Yangiliklar
Alvares penalti haqida: "Qoidalar aniqroq bo'lishi kerak"
Xulian Alvares Madrid derbisidagi penalti bilan bog'liq vaziyatni izohladi.
"Real" UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
O'yindan keyingi penaltilar seriyasida "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares zarbadan avval sirpanib ketdi va to'pga ikkala oyog'i bilan tegdi. Shunga qaramay u gol urdi, biroq bosh hakam VAR bilan muhokamadan so'ng uni hisobga olmadi.
"Vaziyatni ming marta ko'rdim. Hamma joyda video bor. Men to'pni his qilmadim. Agar to'pga ikki marta tekkan bo'lsa, kontakt minimal edi va uni sezish sezmadim.
Qoidalar biroz aniqroq bo'lishi kerak, chunki men bu narsadan foydalanishga uringanim yo'q. Masalan, darvozabon oldinga chiqib, penaltini qaytarsa, zarba qaytadan tepiladi. Bunday bo'lib qolganidan afsusdaman", – dedi "Atletiko" hujumchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar