Altin Kreziu: "Muxlislar stadionda fantastik muhit yaratishdi"
14 apr 18:20
Yangiliklar
Altin Kreziu: "Muxlislar stadionda fantastik muhit yaratishdi"
"Andijon" tarkibiga qishki transferlar oynasida kelib qo'shilgan Altin Kreziu "Paxtakor" bilan o'yinda yaxshi taassurot qoldirdi.
U kecha jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi. O'yindan so'ng kosovolik yarim himoyachi fikrlarini bildirib o'tdi.
"G'alabadan juda xursandmiz. Raqib jamoa bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Ochig'i qiynaldik. Birinchi bo'limda ko'proq himoyalandik, raqib hujumlarini bartaraf etdik. Ikkinchi bo'limda 3 ta gol urdik. Yakunda barchasi bizning foydamizga hal bo'ldi. Muxlislar shunchaki fantastik muhit yaratishdi. Ular eng yaxshilaridir.
O'zbekiston chempionatida har bir o'yin qiyin o'tyapti. Superliga haqida fikrlarim ijobiy. Albatta men jamoamni, mamlakatimni almashtirdim. Moslashishga biroz vaqt kerak bo'ldi. Bunda jamoadoshlarim yordam berdi",- deydi Altin Kreziu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar