Alonso "Bavariya"ga qarshi o'yindagi xatosi uchun "Barselona" futbolchilaridan uzr so'radi
15 sen 2022 18:23
Yangiliklar
Alonso "Bavariya"ga qarshi o'yindagi xatosi uchun "Barselona" futbolchilaridan uzr so'radi
Markos Alonso ECHL doirasidagi "Bavariya" bilan o'yinda (0:2) myunxenliklar birinchi golni urganda qilgan xatosi uchun jamoadoshlaridan uzr so'radi.
Kataloniya klubi chap qanot himoyachisi to'p burchak zarbasidan uzatib berilganda Lyuka Ernandesga qarshilik ko'rsata olmagach, "Bavariya" futbolchisi g'alaba to'pini kiritdi.
"AS" nashri xabariga ko'ra, Alonso o'yindan so'ng jamoadoshlaridan uzr so'ragan. Murabbiylar shtabi va futbolchilar o'sha epizodda Markosning harakatlarini xotirjam qabul qilishdi – jamoa futbolchining "Barsa" bilan bor-yo'g'i ikki haftadan beri mashg'ulot o'tkazayotganini tushunadi, "Bavariya"ga qarshi o'yin esa uning kataloniyaliklar asosiy tarkibidagi birinchisi edi.
Myunxen klubiga qarshi o'yinning qolgan epizodlarida Alonsoning harakatlari juda yuqori baholandi.
Fikrlar