Allegri 1:5 haqida: "Haqli mag'lubiyat"
14 jan 2023 09:10
Yangiliklar
Allegri 1:5 haqida: "Haqli mag'lubiyat"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Napoli"ga qarshi o'yindan mag'lubiyatdan so'ng (1:5) o'z fikrlarini bildirdi.
"Raqib o'yinni yaxshi o'tkazdi. Bizga esa kuch va energiya etishmadi.
0:2 bo'lib turgan vaziyat biz uchun ushbu o'yindagi eng yaxshi payt edi. Bu futbol. Bunaqalari 1 yilda 1 marta bo'ladi. Endi o'zimizga kelib olishimiz kerak. Oldinda yana ko'plab o'yinlar bor.
Istalgan vaziyatda gol o'tkazib yuborgandek ko'rindik. Bu haqli mag'lubiyat. Biz oson gollarni o'tkazib yubordik. O'yinda bunday xatolarga yo'l qo'yib, gol o'tkazib yubormasdan tugatish qiyin.
Biz to'xtab qolishimiz kerak emas. CHunki, bungacha 8 ta o'yinda ketma-ket g'alabaga erishib kelayotgandik. SHu yo'lga qaytishimiz kerak.
Mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilgan holda oldinga borishimiz lozim", - dedi Allegri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar