Alisson: "Liverpul" imkon qadar tezroq o'ziga kelishi kerak"
03 okt 2022 00:27
Yangiliklar
Alisson: "Liverpul" imkon qadar tezroq o'ziga kelishi kerak"
"Liverpul" darvozaboni Alisson Bekker jamoaning joriy mavsum startidagi muvaffaqiyatsizliklari haqida fikr bildirdi.
SHanba kuni Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa o'z maydonida "Brayton" bilan o'yinda (3:3) yana g'alaba qozona olmadi.
"G'alaba qozona olmaslik yoqimsiz tuyg'u. Bazida futbolda shunday bo'ladi - o'zingizga bo'lgan ishonchni yo'qotasiz. Ishonch tuyg'usi bilan o'ynash juda muhim, vaziyatni yaxshilash uchun imkon qadar tezroq o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarishimiz kerak", - dedi braziliyalik darvozabon.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni "Liverpul" CHempionlar ligasi guruh bosqichida SHotlandiyaning "Reynjers" klubini qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar