So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Alisher SHog'ulomov: "Yosh futbolchilar bugun o'ynamasa qachon o'ynaydi?" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Yosh futbolchilar bugun o'ynamasa qachon o'ynaydi?"

Pro liga 10-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Oq-tepa"(2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmon jamoa rahbari Alisher SHog'ulomov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiziqarli o'yin bo'lib o'tdi. Mana sekinlik bilan muxlislar ham stadionga kiritila boshlandi. Bu albatta muxlislar uchun bayram hisoblanadi. Birinchi bo'limda gol urib hisobda oldinga chiqib oldik, g'alabaga bo'lgan ishonch bor, futbolchilardagi kayfiyat yaxshi edi. O'yinchilar oldiga qo'ygan vazifalarni bajarayotgandi. Lekin, goldan keyin o'yinni tashab qo'yishmoqda. Bu holat bir necha o'yindan beri takrorlanmoqda. Ikkinchi bo'limda o'yinda ustunlik qildik. O'zbekistonlik futbolchilarning ruhiyatiga hos odatlardan biri goldan keyin hotirjamlikka yoki tushkunlikka berilish. Ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Ayb o'zimizda. "Neftchi" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bunday barcha sharoitlari bor stadionda yutqazish alamli bo'ldi. Xatolar ustida ishlaymiz. Bizni qoniqtirgan narsa jamoamiz futbol o'ynayotgani. To'g'ri, natija bo'lmayapti. Oldimizda turgan asosiy narsa o'yinimizni to'g'ri yo'lga qo'yib olish. 

Ko'rgan bo'lsangiz qisqa pas orqali yo'l qo'yilgan xato evaziga gol o'tkazib yubormadik. Birinchi golni o'zimizga o'zimiz olib keldik. Yoshlarsiz o'ynash xato deb o'ylayman. Ularni bugun o'ynatmasangiz qachon o'ynaydi? Baribir imkoniyat berishimiz kerak. Ikki golda ham diqqatni yo'qotdik. 

Diyor Jaloliddinovning o'yini yomon emas. Ushbu futbolchimizni olimpiya terma jamoasiga jalb etilishini istardik. Iqtidorli futbolchi, tezligi bor. Lekin, o'yin amaliyoti berilmasa quruq iqtidorning o'zi kamlik qiladi. Bosim bitta unga emas, barchaga bo'ladi",- deydi Alisher SHog'ulomov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика