So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" (матнли трансляция)  18 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  6 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Alisher SHog'ulomov: "Ibrohim Tomivani "Bunyodkor"ga o'tishini istagan edim. Lekin..." Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Ibrohim Tomivani "Bunyodkor"ga o'tishini istagan edim. Lekin..."

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "Oq-tepa" va "Xorazm" jamoalari o'rtasida kechgan uchrashuvda poytaxt jamoasining qo'lib baland keldi (3:1).

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Oq-tepa" klubi raisi Alisher SHog'ulomov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ko'rib turganilardek qiziqarli o'yin bo'ldi. Hujumkor o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Bugun jamoamizda olti nafar yangi futbolchi maydonga tushdi. Yana shuncha futbolchimizni Superliganing klublariga o'tkazdik. Transferlar vaqtida kelib qo'shilgan yangi futbolchilarimiz to'liq yuz foiz kirishib ketdi deya olmayman. Keyingi bahslarda bundan ham chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qildik.

Ha, ikkinchi bo'limda ochiq o'yin bo'ldi. Jamoamizda o'zimizning akademiyamizdan chiqqan uch nafar 2004 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar debyutini nishonladi. Bu biz uchun ikki barobar katta bayram. Ularning debyuti yaxshi o'tdi. Yosh futbolchilarni barchasidan qoniqdim, berilgan vazifa va ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Jamoamiz chiroyli o'yin ko'rsatdi, pas o'ynadik, vaziyatlardan unumli foydalandik.

Oraliqdagi katta tanaffus faqat biz uchun bo'lmadi. Buni bahona qilish ham noto'g'ri bo'ladi. Hamma jamoalar o'ynavotiku. Vazifamizni bajardik, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Navbatdagi turda "Dinamo" bilan to'qnash kelamiz. Mazkur o'yinga munosib hozirlik ko'ramiz.

Ibrohim Tomiva masalasiga oydinlik kiritib o'tsam. To'g'risini aytsam o'zim Tomivani "Bunyodkor"da to'p tepishini istagan edim. Lekin, moliyaviy tomonlama klub Tomivani o'zi bilan kelisha olmadi. SHu sababdan u "Qizilqum" jamoasiga o'tdi. Ibrohimni "Oq-tepa"da olib qolsam ham bo'lardi. Uni ijaraga berganmiz. Biroq, futbolchilar oldinga intilishlarini, o'sishlarini xohlayman. Superligada o'ynasa futbolchining o'zi uchun ham foyda bo'ladi. Tomivani kelajagi porloq, keyingi mavsumda uni yanada kattaroq jamoalarda ko'rish nasib qilsin"- deydi SHog'ulomov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика