So’nggi yangiliklar

13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  0 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1

Alisher Nikimbaev: "PFL LaLiganing eng absurd talabini ko'chirdi" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "PFL LaLiganing eng absurd talabini ko'chirdi"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida PFL klublarga qo'ygan talab haqida post qoldirdi.

"Menga PFL (bu qisqartmaning to'liq ko'rinishi qanday bo'lmasin) o'zining mantiqsiz talablarini oqlash uchun etakchi ligalar, masalan, LaLiga tajribasini ko'rsatishi yoqadi. Ha, haqiqatdan ham Ispaniyada teletranslyaciyaga tribunalardagi bo'sh joylar tushib qolsa yoki stadion muxlislar bilan 70%dan kam to'lsa klublar jazolanadi. 29 minglik stadionga ega bo'lgan "Selta" ikkita o'yinda 16 va 17 ming muxlis yig'gani uchun ikki marta jarimaga tortilgan.

Ammo boshqaning tajribasini ko'r-ko'rona ko'chirishdan avval, nega bunday bo'lganini tushunib olish kerak. 2,9 mlrd. evrolik TV shartnoma imzolaganidan so'ng televideniya bosimi ostida LaLiganing shartlari paydo bo'ldi. Yani televideniya Ispaniya uchun rekord summaga bitim tuzib, o'z shartlarini qo'ya boshladi. Ularga chiroyli ko'rinish kerak, bosh tribunalar esa mahsulot narxini tushirib yuboradi.

Har qanday xolatda ham talablar televizion huquqlar narxi oshishidan so'ng paydo bo'ldi. Yani mantiqli zanjir. SHunga qaramay LaLiganing talablarini jiddiy tanqid qilishmoqda. Stadion muxlislar bilan 70%ga to'ldirish Ispaniya uchun amallab bo'ladigan vazifa. Bu qoida bizning stadionlarga to'g'ri keladimi? So'nggi marta qachon milliy chempionat o'yinlarida "Bunyodkor" stadionining hech bo'lmasa yarmi to'lgan? "Paxtakor" har bir uy uchrashuvida 23 ming muxlis to'play olishi haqiqatga to'g'ri keladimi? Paxta mavsumi boshlansa viloyatlar jamoalari nima qiladi?

Savollar ko'p. Yana bittasini qo'shishim mumkin. Nega PFL LaLiganing eng absurd talabini ko'chirib, ishdagi eng muhimini o'rganmaydi, masalan, chempionat ishtirokchilari sonini bir oy oldin aniqlash. Klublarga esa chet el tajribasiga etibor qaratishni maslahat bera olaman xolos. Rossiyaning bir klubi bo'sh tribunalarni shunday to'ldirdi" - deb yozdi Nikimbaev o'zining Telegram kanalida.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика