So’nggi yangiliklar

14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  5 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6

Alisher Azizov: Kuchliroq chempionatda o'ynamoqchiman Yangiliklar

Alisher Azizov: Kuchliroq chempionatda o'ynamoqchiman

Paxtakordagi o'yinlari bilan muxlislar etiborini o'ziga qarata olgan hujumchi Alisher Azizov Dordoy klubi safida Qirg'iziston kubogi sohibiga aylangandi.

O'sh shahrining Oloy jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida omad Alisher Azizov jamoadoshlariga kulib boqdi.

Joriy mavsum avvalida ushbu mamlakatning bir necha karra chempioni bilan bir yillik shartnoma imzolagan hamyurtimizning o'zi jarohati sabab maydonga tusha olmadi. Biz final bahsidan so'ng Alisher bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- Alisher, sovrin muborak bo'lsin. Bu kubokning avval qo'lga kiritgan sovrinlaringizdan farqi bormi?

- Men uchun har bir sovrin qadrli. Faqat bu galgisini legioner sifatida qo'lga kiritganim boshqalaridan ko'ra qadrliroq tuyuldi. Afsuski, final o'yinida maydonga tusholmadim.


- Final nomiga yarasha o'tdimi?

- Albatta. Unda Qirg'izistonning ikkita kuchli jamoasi to'qnash keldi. Bu ikki klubning finaldagi o'zaro uchinchi o'yini bo'ldi. Dordoy 8 marotaba mamlakat kubogini qo'lga kiritib, bu borada rekord qayd etgan ekan. Taqqoslaydigan bo'lsak, Oloy faqat bir bor kubok sohibiga aylangan. Vaholanki, klub 6 bor hal qiluvchi bahsda o'ynagandi.

- Asosiy vaqtda g'alaba qozonish uchun jamoangizga nima etishmadi?

- Sodda qilib aytganda, gol etishmadi. O'yinning asosiy vaqtida biz ustunlikka erishdik. Qo'shimcha bo'limlarda esa o'shlik futbolchilar yaxshiroq harakat qilishdi va bizga nisbatan xavfli vaziyatlarni ko'proq yuzaga keltirishdi. Agar o'zimiz yuzaga keltirgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirganimizda, qo'shimcha bo'limlarga hojat qolmasdi. Albatta, raqibning kuchini ham tan olish kerak. Oloy Qirg'izistonning amaldagi chempioni hisoblanadi. Tarkibi deyarli bir necha yildan beri o'zgarmay kelyapti. Lekin bu jamoani texnik-taktik jihatdan kuchli deya olmayman. Oloy kuchli ishtiyoq evaziga o'ynaydigan klublar sirasiga kiradi. Boshqa tomondan, finalda tomonlar ochiq futbol namoyish etmay, ehtiyotkorlikka urg'u berishdi.

- O'yinni maydon tashqarisidan kuzatish qiyin kechgandir?

- Albatta. Maydonda bo'lganingizda 10 daqiqalardan so'ng hayajon tar-qab ketadi. Lekin maydon tashqarisidan o'yinni kuzatish va jamoadoshlarga yordam bera olmaslik - bu juda ham og'ir. Ustiga-ustak, tarkibimizda hujumchi yo'q edi. SHu jihatdan ham bizga final nisbatan qiyinroq kechdi.

- Jarohatni qaysi o'yinda orttirib olgandingiz? Qancha muddatga safdan chiqqansiz?

- Bir tur avval chempionat doirasidagi Abdish-Ota klubiga qarshi kechgan o'yinda tizzamdan jarohat olgandim. SHifokorlar qo'ygan tashxisga ishonsak, bir oy maydonga tusha olmayman. Hozir bu muddatning 10 kuni ortda qoldi.


- Kubok qo'lga kiritildi. Endi chempionat uchun ham jamoa oldiga vazifa qo'yilganmi?

- Peshqadamdan 15 ochko ortda qolib ketganmiz, etib olishning deyarli imkoni yo'q. Ikkinchi o'rin OFK kubogida qatnashish huquqini bermaydi. SHu bois ham bor etiborni kubokka qaratgandik. Faqat shu sovrinni qo'lga kiritish orqali qita miqyosidagi turnir yo'llanmasiga ega bo'lardik. Bu qiyin vazifani futbolchilarimiz sharaf bilan bajarishdi. SHaxsan o'zimga kelsak, jarohat olgunimga qadar chempionat to'purarlari poygasida birinchi o'rinda edim. Mavsum yakunlanishiga uchta tur qoldi. Menimcha, afrikalik legioner bu borada mendan o'zib ketsa kerak.

- Bundan chiqdi siz uchun mavsum yakunlandimi?

- SHunday desa ham bo'ladi. Balki so'nggi ikki turda maydonga tusharman. CHunki FIFA kunlari munosabati bilan Qirg'iziston terma jamoasining ikki haftalik yig'ini boshlanadi. Bu orada asosiy guruhda yugurishni ham boshlayman.

- Umuman, Qirg'izistondagi holatingizdan ko'nglingiz to'qmi?

- Mavsum uchun qo'yilgan minimum vazifa bajarildi - mamlakat kubogi qo'lga kiritildi. Jami 20ta gol urdim. SHulardan 11tasi chempionat doirasidagi o'yinlar, qolgani esa OFK kubogi hamda mamlakat kubogi bahslariga to'g'ri keldi. Endi yanada kuchliroq chempionatda o'ynash istagim bor. Yoki xorijga yo'l olaman yo O'zbekistonga qaytaman. Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya klublaridan qiziqishlar bor. Hozircha chempionat yakunlanishini kutaman.


- Dordoy bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif olmadingizmi?

- SHartnomam dekabr oyining oxirida yakuniga etadi. Hozircha klub rahbariyatidan kelishuvni uzaytirish bo'yicha taklif bo'lmadi. Ular ham chempionat yakunlanishini kutishayotgan bo'lsa kerak. Jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlangandi. Balki uning yangi mavsum uchun o'z rejalari bordir.

- Oliy liga o'yinlari, xususan, sobiq jamoangiz - Paxtakor ishtirokidagi uchrashuvlarni kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, O'zbekiston chempionatini muntazam ravishda kuzatib kelyapman. SHubhasiz, Paxtakor ishtirokidagi o'yinlarga befarq emasman. Mehmonda Lokomotiv mag'lub etildi. Bu bilan jamoa hali chempionlik uchun ham kurasha olishini isbotladi.

- Milliy terma jamoamizning JCH-2018 saralashidagi ishtiroki bo'yicha umumiy fikr va xulosalaringiz qanday bo'ldi?

- Bizga mundialga chiqish uchun bitta gol etishmadi. Hujum chizig'ida ishlarimiz yurishmayotgan ekan, boshqa futbolchilarga imkoniyat berish kerak edi. Lekin murabbiy o'zi tanlagan yo'ldan oxirigacha borishga qaror qildi.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

"Interfutbol" gazetasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика