Abbos Fayzullaev ham "Istanbul Bashakshehir"ga transfer qilinadimi? Shomurodov bu savolga javob berdi
13 iyu 2025 13:20
Yangiliklar
Abbos Fayzullaev ham "Istanbul Bashakshehir"ga transfer qilinadimi? Shomurodov bu savolga javob berdi
Podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev milliy terma jamoa sardori Shomurodovdan CSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir" short-listidan o'rin olganini bildirib, ushbu transfer amalga oshish-oshmasligi haqida so'radi.
"Bu transfer amalga oshsa, juda zo'r bo'lardi. Abbos uchun ham, o'zim uchun ham. Termadoshing sen o'ynayotgan jamoada bo'lsa, ancha foydali, chunki Evropadan misol qilib olsak, Lotin Amerikasi vakillari doim bir-birini qo'llab-quvvatlaydi va birga yuradi. Bunga har doim havasim keladi. Bizdan ham agar kimdir bo'lganida, maza qilib yurardim.
"Roma"ga Dovbik kelganida, u bilan chiqishib ketdim. Lekin o'zingni vatandoshing bo'lsa, baribir boshqacha. Abbos o'tgan taqdirda o'ziga ham foyda bo'ladi. Rossiya chempionatidan ko'ra Turkiya chempionati kuchliroq. Evropa Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi. Bu o'zini tekshirib olish uchun ayni muddao", – dedi Shomurodov.
"90minutuz" podkasti to'liq holda:
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar