Alen Mashovich: "Nasaf" muxlislarini gol va assistlar bilan xursand qilaman"
29 iyu 2022 16:59
Yangiliklar
Alen Mashovich: "Nasaf" muxlislarini gol va assistlar bilan xursand qilaman"
Biz o'yinchidan jamoaga kelishi haqida suhbatlashdik.
- "Nasaf"ga qay tarzda kelib qoldingiz?
- Hammasi tezlik bilan ro'y berdi, "Nasaf"dan taklif oldim va bunday katta jamoaga kelishga rozi bo'ldim. Bundan xursandman.
- Siz bungacha SHarqiy Osiyoda ham faoliyat olib borgansiz. Yaponiya haqida fikrlaringiz?
- Albatta, bu davlatdan juda yaxshi taassurotlar qolgan. Go'zal mamlakat va yaxshi futbolga ega. Bazida mening taqdirim huddi Osiyoga yozilgandek his qilaman.
- O'zbekistondagi legionerlarning ko'p qismi serblar. Ularning orasida do'stlaringiz bormi?
- Ha, buni bilaman. Bu erda o'ynaydigan do'stlarim talaygina.
- "Nasaf"ga kelishingizdan oldin klub haqida nimalarni bilardingiz?
- Klub haqida etarlicha malumotlarga ega edim, chunki OCHLni ko'rib boraman.
- "Nasaf" jamoasi muxlislariga nimani vada bera olasiz?
- O'yinlarda borimni beraman va "Nasaf" muxlislarini gol va assistlar bilan xursand qilaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar