So’nggi yangiliklar

12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  0 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  12 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  6

Aleksandr Xomyakov: "Tanaffusdan so'ng darhol gol o'tkazib yuborish alamli" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Tanaffusdan so'ng darhol gol o'tkazib yuborish alamli"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

"Uzoq kutilgan yangi mavsum start oldi. Umid qilamizki, mavsum omadli keladi. Muxlislarimizni xursand qilamiz. Bugun qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Futbolda qaysidir jamoa yutishi, boshqasi mag'lub bo'lishi tabiiy hol. Afsuski, bugun biz mag'lubiyatga uchradik.  Durangga loyiq o'yin ko'rsatdik. Fikrimcha, mezbonlarga qaraganda golga tortadigan ko'proq vaziyatlarni yuzaga keltirdik, biroq foydalana olmadik. O'tkazib yuborilgan gol ham alamli tarzda darvozamizdan joy oldi.  Bu birinchi o'yin, albatta, navbatdagi bahslarda vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz", – deydi Aleksandr Xomyakov. 

- Durangga loyiq o'yin bo'lmadimi, nima deb o'ylaysiz?

- Hozir aniq talqin qilish qiyin. "Bunyodkor" qancha vaziyat yaratganini eslay olasizmi? Tanaffusdan so'ng darhol gol o'tkazib yuborish alamli. Kiyim almashtirish xonasidan chiqib, gol o'tkazish yoqimsiz. Bu birinchi o'yin, albatta, navbatdagi bahslarda vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz.

- "Mashal" sizning uslubingizga to'la moslashib olishi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?

- CHet ellik murabbiy qanday ishlaganini muhokama qilishim qiyin. Men 8 kundan buyon jamoa bilanman va ko'p o'zgartirish qila olmasdim. Har qanday murabbiy yangi jamoani qabul qilib olgach, qandaydir o'zgartirish kiritish uchun kamida 6 hafta vaqt kerak bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика