So’nggi yangiliklar

08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  0 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  1 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  11 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  5 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  3 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  5 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  107 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Нефтчи"га мағлуб бўлди, "Машъал" эса "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1

Aleksandr Xomyakov: "Qo'ziboevning "Mashal"ga qaytganidan xursandman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Qo'ziboevning "Mashal"ga qaytganidan xursandman"

Muborakning "Mashal" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.
Kuni kecha jamoa "Bunyodkor"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. "Qaldirg'ochlar"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan o'yindan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.

"Toshkentdagi yig'in rejadagidek davom etmoqda. Bu paytda, shunday stadionda, "Bunyodkor"dek kuchli raqibga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Ajoyib o'yin bo'ldi, umuman olganda tayyorgarlikdan ko'nglim to'lmoqda. "Bunyodkor"dan farqli ravishda bizda hali vaqt bor. Bir qator kamchiliklar ustida ishlashimiz kerak. "Bunyodkor"ga esa OCHL pley-off bosqichida "Al SHabab"ga qarshi bahsda omad tilayman", - deydi Aleksandr Xomyakov.

"Keyingi rejalarimiz? 7 fevralda "Paxtakor" bilan, 11 fevralda "Olmaliq" bilan o'ynaymiz. SHundan so'ng qisqa tanaffus bo'ladi va adashmasam 15 fevral kuni "Buxoro"ga qarshi maydonga tushamiz".

"Hozircha tarkibimizda u qadar ko'p yangi futbolchilar yo'q. Bular Avaz Agaliev, G'ulom Haydar G'ulomov, SHahboz Erkinov. Tarkibni kuchaytirish bo'yicha ish davom etmoqda. Lekin yangi mavsum uchun tarkibimiz deyarli 90 foizga shakllanib bo'ldi.

"Yangi legioner kelishi borasida hech nima deya olmayman. Hozircha mendan bunday malumot yo'q. Mikita Bukatkin jamoani tark etdi".

"Zohir Qo'ziboevning "Nasaf"ga borib qaytishi borasidagi voqea borasida hech nima bilmayman. Lekin uning "Mashal"ga qaytganidan albatta xursand bo'ldim. U bizga as qotishi aniq", - deydi "gazchilar" ustozi.


Narzulla Saydullaev yozib oldi
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика