So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  4 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  16 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

"Qaysidir chiziqlarni kuchaytirishga urinib ko'ramiz. "Mashal"ning salohiyati kuchli beshlikka kirishga etadi". Aleksandr Xomyakov bilan intervyu Yangiliklar

"Qaysidir chiziqlarni kuchaytirishga urinib ko'ramiz. "Mashal"ning salohiyati kuchli beshlikka kirishga etadi". Aleksandr Xomyakov bilan intervyu

Muborakning "Mashal" jamoasi Toshkentdagi yig'inni davom ettirmoqda.

Jamoa ayni paytda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni olib borishmoqda. Kecha futbolchilar "Bunyodkor" akademiyasida shug'ullandi. Hususan jamoa azolari dastlab tug'ilgan kunini nishonlagan Doniyor Usmonovni o'zgacha tabriklash bilan mashqlarga kirishishdi. Malumot o'rnida aytib o'tish joiz aksariyat klublar qatori "Mashal"ham futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qiluvchi "Fitogether" texnikasidan foydalanmoqda. Biz shu va boshqa savollar bilan mashg'ulot oldidan jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning fikrlarini tingladik. 

- Aleksandr Andreevich ortda qolgan turlar davomida nima o'xshadi-yu yoki aksincha siz o'ylagandek bo'lmadi...

- Hozir bu haqida nimadir deyish qiyin. O'xshamagan narsa bu o'zimizga kerakli ochkolarni jamg'ara olmaganimiz. Superligada yuzaga kelgan tanaffus foydamizga ishlaydi, deb o'ylayman. Tanaffusdan oldin AGMKni mag'lub etdik va qaysidir manoda ko'tarinkilik berdi. Lekin o'yinimizda men qoniqmayotgan ayrim detallar bor. Ayni paytda o'sha etishmayotgan narsalarni to'ldirish ustida ishlayapmiz. Toshkentdagi yig'inimiz davomida 3ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirganmiz. Birinchi o'rtoqlik bahsida "So'g'diyona" bilan o'ynadik. Mana shu uchrashuvlarda o'yinimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. Hujumda va himoyadagi muammolarimiz ko'zga tashlanyapti. Ishlashda davom etamiz. 

- Birinchi turda "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng jamoamning salohiyati haqida hali to'liq fikr bildira olmayman, degan edingiz. Oradan malum vaqt o'tdi. Xo'sh, bu boradagi fikrlaringiz o'zgardimi?

- Yana aytaman, jamoamning salohiyati yuqori. SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki, kuchli beshlikka kirishga salohiyatimiz etadi. Men shuning uchun "Mashal"ga keldim. Buning uchun ruhiyat masalasida yanada ko'proq ishlashimiz kerak. Futbolchilar o'z kuchiga ishonishlari zarur. Bu ularning qo'lidan keladi. 

- Ukeme Uilyamsni "Nasaf" mashg'ulotlarida ko'rdik. Mazkur holatga aniqlik kirita olasizmi?

- Hozircha unga poziciya topa olmayapman. Men kuchaytirishni istaydigan chiziqlar bor. Transferlar oynasida legioner va mahalliy futbolchilarni olish qiyin. CHunki legionerlarimiz limiti bor. Uning o'rniga boshqa futbolchi olsak, legionerlardan biriga javob berishimizga to'g'ri kelardi. Ukemening salohiyati yomon emas. Lekin biz hozir boshqacha futbol o'ynamoqdamiz. Ukeme Uilyams "Nasaf"ning uslubiga mos. Menimcha foyda keltira oladi. Yana o'ylab ko'ramiz. 

- Yozgi transferlar oynasida jamoada qanday o'zgarishlarni ko'ramiz?

- Hozir aniq biror narsa ayta olmayman. Albatta klub rahbariyati va selekciya bo'limi ishlashmoqda. Qaysidir chiziqlarni kuchaytirishga urinib ko'ramiz. 

- Yangi texnologiya sifatida futbolimizga kirib kelgan, futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qiluvchi "Fitogether" texnikasi haqida fikringiz qanday?

- Ayni paytda bu qurilmaga o'rganish va moslashish jarayoni ketyapti. Futbolchilarning tezligi, qancha chastotada yugirayotgani, ularning funkcional holatini bilishda yordam beradi. Bunga albatta vaqt kerak. O'ylaymanki, bu foydamizga xizmat qiladi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика