So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Aleksandr Xomyakov: Keyingi uchrashuvlarda Xebay yana "yirtqich" formasiga qaytadi degan umiddaman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: Keyingi uchrashuvlarda Xebay yana "yirtqich" formasiga qaytadi degan umiddaman"

Superliganing 16-tur bahslaridan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng, "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Mag'lub bo'lganimiz sabab, kayfiyatim yo'q. O'zingiz ko'rdingiz, bugun mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Maydon o'rtasida raqibdan to'pni olib qo'yib hujumga o'tish rejamiz bor edi. O'yin avvalida rejamiz ishlab turgan edi. "oson" gollar o'tkazib yubordik. Birinchi golda, o'z jarima maydonchamizda hushyorroq bo'lishimiz kerak edi. Ikkinchi golni esa standart vaziyatdan o'tkazib yubordik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugun "Andijon" ikkinchi bo'limda, hujumlar uyushtirishni to'xtatdi. Birinchi bo'limdagidek hujumkor futbol namoyish etish uchun nima xalal berdi?

- Bir nechta muammolarga duch keldik. Birinchi bo'limda ko'p kuch ishlatdik, ikkinchi taymda esa charchab qoldik. Raqib ham ustunlikni o'z qo'liga oldi. Raqib ham o'yin oldidan bizni o'rganib chiqishganligi ko'rindi.

- Ikkinchi davrada Rubin Xebay gol o'rishni to'xtatdi. Bunga sabab nima?

- Ha, u bir nechta o'yindan beri gol urmayapti. Rubin hujum chizig'idagi qolgan futbolchilarga bog'lanib qolgan, Xebayga to'p etkazib berishmasa, tabiiyki u gol urishga qiynaladi. U bir o'zi qiynalmoqda. Bizda qanot yarim himoyachilari bilan muammo bor. Keyingi uchrashuvlarda Xebay yana "yirtqich" formasiga qaytadi degan umiddaman.

- "Andijon" jamoasi o'tkazib yuborgan birinchi golidan avvalgi hujumda, to'p maydoni tark etganidan so'ng, hakam to'pni "Bunyodkor" futbolchilari o'yinga kiritishi kerakligiga ishora qildi. O'sha vaziyatda hakam xatoga yo'l qo'ydi. "Bunyodkor" esa o'sha hujumdan so'ng gol urdi. Sizning ushbu vaziyatga fikringiz qanday?

- Ha, hakam o'sha vaziyatda xato qildi, lekin u vaziyatdan so'ng ancha vaqt o'tdi va keyin biz gol o'tkazib yubordik. Hakamning xatosi sabab gol o'tkazib yubordik deyishimiz noto'g'ri. O'sha vaziyatda o'zimiz yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi. "Bunyodkor" qanot futbolchilari juda tezkor, biz esa ularni to'xtatib qola olmadik. O'z jarima maydonchamizda ham ho'shyorroq bo'lishimiz kerak edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика