So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Aleksandr Xomyakov: "Hakamlarning ishini baholamayman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Hakamlarning ishini baholamayman"

Superliganing 1-tur doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




- Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Oldinda chiroyli o'yinlar bizni doimo xursand qilishini istayman. Futbolchilar startdayoq katta kuch bilan o'ynashmoqda. Kecha chempionatning ilk o'yinida ham yuqori shiddatni ko'rdik. Muxlislar bugun ajoyib bahsni kuzatib borishdi. Tomonlar faqatgina hujumga etibor berishgani uchun juda ko'plab vaziyatlar bo'ldi. SHu boisdan jamoamiz endi oldinga qarab intiladi va yuqori natijalar haqida o'ylaydi.

- "Andijon" O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lgan "Lokomotiv"ga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdi. Xo'sh, jamoaning oldiga qanday vazifalar qo'yildi?
- Hozircha bu borada rahbariyat bilan gaplashib olmadik. Umid qilamanki, yaqin vaqtlarda bu haqida bu borada kelishib olamiz. Ha, mavsum oldidan jamoamizda katta o'zgarishlar bo'ldi. Ikkita oson bo'lmagan oyni o'tkazdik. Jamoaga yuqori potencialli futbolchilarni olib keldik. Ular bilan boshqa jamoalarga etarlicha qarshilik ko'rsata oladigan, raqobatbardosh jamoa tuzishimga ishonaman.

- Mavsumoldi transferlar oynasida olib kelingan futbolchilardan ko'nglingiz to'ldimi?
-
Ha, albatta. Barcha qarorlarni o'zim qabul qildim. Yig'inlar davomida futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga intilishdi. Timur Usmonov nima uchun Litvekov o'rnida asosiy tarkibda o'ynadi? Timur biroz tezkorroq va birinchi bo'limdagi uslubimizga ko'proq mos tushardi. To'g'ri, Timurning o'yini biroz o'xshamagan bo'lishi mumkin. Ammo. To'g'ri, uning o'rniga Artyom tushishi mumkin edi. Jamoaning barcha azosi yuqori salohiyatga ega. Mavsum endigina boshlandi. Barcha futbolchilarga katta imkoniyatlar taqdim qilinadi.

- Hakamlik borasida nimalar deya olasiz?
- Buni baholay olmayman. Men faqatgina turgan joyimda vaziyatni kuzata olaman. Hakamlarni baholash uchun alohida qo'mita tashkil qilingan va ular bu borada ishlaydi.

- "Lokomotiv"da so'nggi 5 yil ichida katta o'zgarishlar bo'ldi. Nima deb o'ylaysiz, jamoa ushbu mavsumda qaysi o'rin uchun kurasha olishi mumkin?
- Bu borada gapirish qiyin. Hozircha chempionatdagi barcha jamoalarning o'yinlarini ko'ra olmadim. SHu boisdan baho bera olmayman. "Lokomotiv" so'nggi yillarda o'zbek futboli bayroqdori maqomini oldi. Ular ushbu mavsumda doimgidek chempionlikka o'ynashsa kerak.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика