So’nggi yangiliklar

16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 0:0  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   3 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  8 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14

Aleksandr Xomyakov: "Gol ura olmayotganimiz meni havotirga solmoqda" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Gol ura olmayotganimiz meni havotirga solmoqda"

Muborakning "Mashal" jamoasi Superliganing ikkinchi turida "Paxtakor" jamoasiga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.





O'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Raqib bizdan kuchli ekanligi ko'rinib turgandi. Jamoamizda esa hech narsa o'xshagani yo'q, buni ko'rdingiz. Birinchi golni markazdan qo'yib yubordik, keyin esa ikkinchi golni. SHundan so'ng biroz agressivroq harakat qila boshladik. Bitta bo'lsa ham gol urishimiz mumkin edi. Bor gap shu. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular g'alabaga loyiq edi",- deydi Xomyakov.

- "Mashal" ikkita uchrashuvda gol ura olmasdan mag'lubiyatga uchradi. Sizning ushbu holatga munosabatingiz qanday? Ikkinchi savolim jamoadagi legionerlardan qoniqyapsizmi?
- Ha, bu holat meni havotirga solmoqda. Ikkita o'yindan beri natijalar yaxshi ko'rinish olmayotgani malum, gol ham ura olmayapmiz. "Bunyodkor" bilan o'yinda shunchaki vaziyatlardan foydalana olmadik. Bugun esa raqibimiz ko'p vaziyatlar yaratishga yo'l qo'ymadi. Jamoa mag'lubiyatga uchramasa, gol urmasa, bir ochko bor degani. O'tkazib yuborilgan uchta gol - bu ko'p. Meni hozir jamoamning o'yini tashvishlantiryapti. Legionerlarning salohiyati va kuchini baholash hozir qiyin.

Hozir o'yinga umumiy baho berish og'ir. Taktik jihatlar ustida ishlaymiz va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика