So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Aleksandr Xomyakov: "CHempionni mag'lub etish o'zgacha hissiyotlar taqdim etadi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "CHempionni mag'lub etish o'zgacha hissiyotlar taqdim etadi"

"Andijon" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi Superliganing 21-tur o'yinidan so'ng mezbon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Aleksandr Xomyakov: "Jamoamiz yutsa, shahar gullab-yashnaydi, mag'lub bo'lsak esa aksi... Hammani tabriklayman. Muxlislar zo'r qo'llab-quvvatlashdi, yigitlar bor kuchini ishga solishdi, omad biz tomonda bo'ldi, posbonimiz bir nechta vaziyatda jamoani qutqardi va Rubinning fantastik goli..."

- 81-daqiqada uchta o'zgarish bo'ldi va bir necha daqiqa o'tib hisob ochildi, shunday taktika tuzganmidingiz?

- Yo'q. O'yindan oldin turli vaziyatlarda qaynday reakciya qilishni o'ylab ko'ramiz. Bahs oxirida biroz charchoq sezildi, shu sabab o'zgarish amalga oshirdik. Zarur edi. "Navbahor" bilan uchrashuvdagi kabi o'yin oxirida kuchliroq harakat qilishni reja qilgandik.

- Xebay jamoada qoladimi?

- Rubin Xebayning "Andijon" bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Kelasi mavsum rejalari haqida o'ylamayapmiz. Oldinda yana 4ta bahs bor. Asosiy vazifamiz - iloji boricha jadvalda yuqori o'rinni egallash. Rejalar bo'yicha rahbarlar, homiyalar bilan suhbatlashishimiz kerak. Kelasi yil Andijonda klubning 60 yilligi nishonlanar ekan.

- "Andijon" etakchilar uchun "qo'rqinchil tush"ga aylanyapti...

- Bundan juda xursandman. CHempionni mag'lub etish o'zgacha hissiyotlar taqdim etadi, keling uni nishonlaymiz.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика