So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Aleksandr Xomyakov: "Bugun hech narsani uddalay olmadik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bugun hech narsani uddalay olmadik"

"Mashal" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi va savollarga javob qaytardi.


"Bugun hech narsani uddalay olmadik. Hujumlarimizda faollik va tajovuzkorlik etishmadi. SHu bois oldingi chiziqda hech narsa qila olmadik. Jamoamizda o'zi butun uchrashuv davomida bir, ikkita imkoniyat bo'ldi. SHunga qaramay darvozamiz daxlsizligini ham saqlab qoldik. Biz o'zi birinchi marta darvozamizni saqlab qoldik. Oldingi barcha uchrashuvlarda gol o'tkazib qo'ygan edik. Har doim maydonimizda birinchi 30 daqiqalikda gol o'tkazdik. Ko'rsatgan o'yinimiz borasida biron fikr aytishim ham qiyin" , - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi Aleksandr Xomyakov.

"Har doim nima uchun bunday vaziyatlardan chiqib keta olmayotganimizni o'ylamoqdamiz. Bu natijalardan so'ng turnir jadvalida ko'tarilishimiz ham qiyin bo'lmoqda. "Qo'qon-1912" va bugungi bo'lgan o'yin bir xil ko'rinish oldi. Yagona farqi Qo'qondagi o'yinda hujumga intilish istagi ko'p edi. Bugun buni ko'rmadim"

"Mirzohid G'ofurov Qo'qondagi uchrashuvda jarohat olgan edi. Biz ham Mirzohidni tezkor jarohatdan qutilishini istamoqdamiz. "Buxoro" bilan o'yinga hali bir hafta bor va bu o'yin haqida o'yindan so'ng aytishim mumkin. Buxoroda kuchli xoxish bilan hujumda o'ynaymiz. Qarshi hujumda oxirgi nuqtani hujumchi qo'yadi. Zohir bu yilga qaraganda o'tgan yili yaxshiroq o'yin ko'rsatgan edi. U ham juda uzoq muddatdan buyon maydonni golsiz tark etmoqda", - dedi Xomyakov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика