So’nggi yangiliklar

20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  0 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  10 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:16"Райо Вальекано" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0 18:02Хамес Родригес Европага қайтиши мумкин  3 17:37Мирко Йеличич: "Биз бундай футбол ўйнашни истамаймиз. Лекин бизга бу мағлубият ҳам етарли бўлди"  0 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  4 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  30 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  9 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  1 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  3 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Aleksandr Xomyakov: "Birinchi bo'limda gol o'tkazib yubormaslikni reja qilgandik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Birinchi bo'limda gol o'tkazib yubormaslikni reja qilgandik"

Vodiy derbisida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Aleksandr Xomyakov: "Tezkor gol o'yin taqdirini hal qildi. Rejalarimizda birinchi bo'limda gol o'tkazib yubormaslik bor edi, ammo uddalay olmadik. Raqib o'z imkoniyatlaridan foydalanib qoldi, biz esa ularni ko'kka sovurdik.

Ikkinchi bo'limda ustunlikka erishgan bo'lsakda, gol ura olmadik. Hech bo'lmasa bitta gol urib, bahsga intrigani qaytarishimiz kerak edi. "Neftchi"ni tabriklayman, ular natija uchun o'ynashyapti va shung yarasha jadvalda etakchilik qilishmoqda.

- Keyingi bahs ham vodiy derbisi...

- Ha, bu derbi o'yinlari o'zgacha ahamiyatga ega. Derbida bunday o'ynash kerak emas. Bunday bahslarda himoyada tartibli o'yin ko'rsatish kerak. Raqibda 2ta vaziyat bo'ldi va ular hammasidan unumli foydalanishdi. Keyingi derbilarga tayyorlanishda davom etamiz.

- Eldor Adhamov qachon safga qaytadi?

- Hozircha nomalum. Tezroq qaytishiga umid qilyapmiz.

- Ikkinchi bo'limda zaxiradan bahsga qo'shilgan futbolchilar o'yiniga qanday baho berasiz?

- Zaxiradan maydonga tushganlar yomon o'ynashdi demayman. To'g'ri, yigitlar harakat qilishdi. Ammo faqat harakatning o'zi etarli emas. Raqib bizni mahorat borasida ortda qoldirdi. CHetlatishdan so'ng ochiqroq o'yin ko'rsatishga majbur bo'ldik. Ikkita vaziyatda gol urishga juda yaqin keldik, biroq darvozabon yaxshi harakat qildi. "Neftchi" natija uchun juda yaxshi o'ynadi.

- "Andijon" ikkinchi yoki uchinchi rejasini ishga solishiga "Neftchi" halaqit qildimi?

- Har bir o'yinga malum bir reja bo'ladi. Biroq futbolchilar maydonda borini berib harakat qilmasa, hech qanday reja ish bermaydi. Asosiy vazifa birinchi bo'limda himoyada ishonchli o'yin ko'rsatish bo'lgan edi. Lekin vazifa bajarilmadi. Qisqasi rejalarimiz ish bermadi. "Neftchi" esa yaxshi harakat qildi.

- Jamoaga etakchi etishmayotgandek...

- Hammamiz futbolchilar tezroq jamoa o'yiniga ko'nikib, yaxshiroq harakat qilishini xohlaymiz. Etakchi o'z o'yini bilan boshqalarga namuna bo'lishi kerak. Bugungi bahsda hech kimga etiroz bildirmoqchi emasman. Yigitlar harakat qilishdi, xohlashdi, ammo qaerdadir mahorat, qaerdadir omadsizlik natijaga tasir ko'rsatdi.

- Birinchi bo'limda Bobur Farhodov o'rniga Rubin Xebayni tushirsa bo'lmasmidi?

- Birinchi bo'limda... Hamma o'zini stategdek ko'radi. Xebay ikkita bahsda ishtirok eta olmadi, rahbariyat harakati bilan u tarkibga qaytdi. Uni keyinroq maydonga tushirmoqchi bo'ldik.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика