So’nggi yangiliklar

14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  3 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  3 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  14 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  10 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   29 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3

Aleksandr Xomyakov - "Andijon" bosh murabbiyi Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov - "Andijon" bosh murabbiyi

Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonovning viloyatda millionlar o'yiniga bo'lgan yuksak etibori, jamoamizni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi, har bir uy uchrashuvlarimizga shaxsan tashrif buyurishi tabiiyki andijonlik minglab ashaddiy muxlislarni quvontirmoqda.

"Andijon" jamoasining natijasiga befarq bo'lmagani uchun ham klubimiz prezidenti - SHuhratbek Abdurahmonov bosh murabbiy masalasini zudlik bilan ko'rib chiqishni, lozim bo'lsa xorijlik malakali mutaxassisni jal etish va bu orqali ijobiy natijalarga erishib, Andijon xalqini xursand qilish bo'yicha topshiriq berdi.

SHundan so'ng klub rahbariyati bir qator tajribali murabbiylar bilan muzokaraga kirishdi va yakunda rossiyalik taniqli murabbiy Aleksandr Xomyakov nomzodida to'xtalishga qaror qildi.

Ishqibozlarga yaxshi malumki, so'nggi 10 yilni Muborak "Mashal" jamoasida samarali o'tkazgan Aleksandr Andreevich mamlakatimiz futbolida o'ziga yarasha xurmat qozongan mutaxassislardan biridir. Eng avvalo ichki imkoniyatdan foydalanib, mahalliy kadrlarni etishtirib borishga xarakat qiladigan Xomyakov "Andijon"da ham ushbu falsafasidan foydalanishni rejalashtirgan.

Yangi mavsumga jamoani tayyorlagan Ildar Sakaevning sog'ligi bilan muammo paydo bo'lgani uchun, jamoani "Paxtakor", "Navbahor" va "Mashal" jamoalariga qarshi yordamchi murabbiy Jamshid Saidov olib tushayotgandi. Mana endi bosh murabbiy masalalasi hal bo'ldi.

Ildar Sakaev o'z arizasiga ko'ra, egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yangi bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga endilikda Jamshid Saidov, Diyorbek Mirzaboev va Qobiljon Olimjonovlar yordam berishni davom ettirishadi.

Kecha Muborakda "Mashal" jamoasiga qarshi Liga Kubogining 1-turidan so'ng futbolchilarga qisqa muddatli tanaffus berilgandi. SHu bois jamoa azolari 6 iyun kuni Andijon shahridagi sport-qarorgohga yig'ilishadi va yangi bosh murabbiy futbolchilarga rasman tanishtiriladi.

Aleksandr Andreevich esa 4 iyun kuni Andijon shahriga etib keladi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика